Исследование в XXI веке ноябрь, 2022 г 591 zamonaviy davrda raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlari va



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix18.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#156884
növüИсследование
1   2   3   4   5   6
Xoliqova Zebiniso Rustamovna


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
ноябрь
, 2022 
г
595 
-yuqori darajada avtomatlashtirilganlik; -elektron hujjat almashinuvi;
-buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;
-ma’lumotlar elektron bazalari;
-CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
-korporativ tarmoqlar. 
Raqamli iqtisodiyotning bir qator qulayliklari ham mavjud bo‘lib, ular:
1. To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira
va boshqa resurslar tejaladi).
2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish
imkoniyatlari katta.
4. Fidbek(iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar
jadal takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq.
Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi,
bu uning asosiy foydasidir. U korrupsiya va «qora iqtisodiyot»ning asosiy
kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak
paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish,
yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji
yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo‘yadi. Ma’lumotlar ko‘pligi va tizimliligi 
yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada «iflos
pullar»ni yuvish, mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo
yashirib ko‘rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini 
oshiradi, soliqlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanadi, budjet taqsimoti ochiq bo‘ladi,
ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘g‘irlanmaydi, maktablar, kasalxonalar, 
yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq yetib boradi va hokazo. Davlatning raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va
umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi.
«Raqamli texnologiyalar» tomon burilishga butunjahon internet tarmog‘i va sifatli
aloqaning rivojlanishi sababchi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ hisoblanadi. 
Bundan tashqari, Iqtisodiyot, Moliya, Axborot texnologiyalari, Adliya vazirliklari va
boshqa qator davlat tuzilmalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun o‘ziga xos 
mas’uliyat va vazifalarga ega orgarlar hisoblanadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin