Международный
научный
журнал
№
4 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
591
ZAMONAVIY DAVRDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IMKONIYATLARI VA
ISTIQBOLLARI
Xoliqova Zebiniso Rustamovna
Farg‘ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi
maxsus fan o’qituvchisi
Anotatsiya
:
Zamonaviy davrda raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlari va istiqbollari
xaqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya, oddiy iqtisodiyot, raqamli
iqtisodiyot belgilari, raqamli iqtisodiyot qulayliklari, elektron to‘lov
Hozirgi vaqtda kompyuterlashtirish va yuqori texnologiyalar asrida raqamli
iqtisodiyot hayotimizning har bir jabxasiga: sog‘liqni saqlash, ta’lim, internet-banking,
xukumatga daxldor bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi sanoat, hizmat ko‘rsatish
soxasi va qishloq xo‘jaligini ravnaq toptirish, tadbirkorda tashabbuskorlik ruxini
kuchaytirish, moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kabi omillarga asoslanadi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘limida ta’lim tizimi,
mehnat bozori hisobiga
inson kapitalini rivojlantirish, axolining barcha qatlamlarini sifatli tibbiy xizmat bilan
qamrab olish, ilm-fan innovatsiyalarini rivojlantirish orqali odamlarning sog‘lig‘ini
yaxshilash ko‘rsatkichini oshirish,
ijtimoiy himoya, atrof-muxitni asrash, ilg‘or va
sog‘lom fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalash, mamlakatning milliy brendini halqaro
miqiyosda ommalashtirish kabi maqsadlar bayon etilgan.
O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi
Harakatlar strategiyasining
mantiqiy davomi bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi saxifa ochish bilan ahamiyatlidir.
Strategiya loyixasida belgilangan marralarga erishish uchun xar bir soxada olib
borilayotgan isloxotlarni bosqichma-bosqich, anik muddatlarda ro‘yobga chiqarish
prognozlari ko‘rsatilgan.
Harakatlar strategiyasini 2035 yillarga qadar amalga
oshirilishida raqamli
iqtisodiyot muxim rol o‘ynaydi.
Raqamli iqtisodiyot paydo bo‘lishining sabablari va maqsadalarini tahlil qilish,
raqamli iqtisodiyot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga hizmat qiladigan usullar va
texnologiyalarni tadbiq etish muxim omil bo‘lib xisoblanadi.
Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot kommunikatsiya
tarmog‘ini balki mamlakat ho‘jalik faoliyatining barcha soxalarini qamrab oladigan keng
miqiyosdagi tendensiyaga aylanib boradi, jumladan onlayn-savdolarni
amalga oshirish,
raqamli qishloq ho‘jaligi, avtomatlashtirilgan “aqlli” elektr-tarmoq tizimlari, inson
omili boshqaruvisiz trasport vositalari, shaxsiylashtirilgan sog‘liqni
saqlash va xokazolar
raqamli iqtisodiyot inqilobi zaruriyatini keltirib chiqaradi.