часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
482
1857-1929 yillarda yashab ijod etgan Amerika sotsiologi va iqtisodchisi T.Veblenning
sotsial institutlar haqidagi konsepsiyasining asosida funksional yondashuvlarni qurish
mumkin. Bunga ko'ra oila - Jamiyat a'zolarini takror ishlab chiqarish funksiyasini bajaruvchi
institutlar hisoblanadi.
Bu masalalarni biz A.Millerning konsepsiyalarida ham qurishimiz mumkin.
(1914-1973). O'z davrida M.Veber ham sotsial institutlar va ularning funksiyalari
haqida alohida to'xtalib o`tgan. O.Kont o'z sotsiologik nazariyalarida oilani jamiyatning
birlamchi asosi sifatida qarab chiqadi va uning kelib chiqishini insoniy munosabatlardagi
tabiy holat deb izohlaydi.
O.Kontning fikricha: ollada ijtimoiy munosabatlarning barcha ko'rinishlari o'z aksini
topadi, ya'ni notenglik (avlodlar va jinslar o'rtasida), tobelik (oila a'zolari o'rtasidagi, oila
boshlig'i, kattalar) va x.z.
Shunga ko'ra oila bir kichik davlat bo'lib, u davlatning shakillanish asosi, uning modeli,
oila sotsial funksiyalari esa - jamiyat funksiyalarini aks ettradi.
P.Sorokin oilaviy kelishmovchiliklar, ularning sabablari va oqibatlari haqida keng,
to'xtalib o`tgan o'zining sotsiologik tadqiqotlarida (Inson. Sivilizatsiya.) rus. M. 1992. 272-
273 b.
L.Prizberg o'zining Sotsial konfliktlar, 1982 y. asarida oilaviy kelishmovchiliklar va
ularning oqibati, jamiyat taraqqiyotiga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirib, ularning oldini
olish va oqibatlariga qarshi kurashish jamiyat oldiga qo'yiladigan muhim vazifalardan biri
ekanligi ta'kidlagan.
Oilaning funksiyalari, oila tiplari.
"Oila Jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muxofazasida bo'lish
huquqiga ega". O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (63-modda).
Nikoh va oila sotsiologiyasi o'z mazmuniga ko'ra juda keng ko`lamga ega bo'lib, xozirgi
zamon olla-nikoh munosabatlarining barcha jihatlarini o'z ichiga oladi. Yangi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning tarkib topa borishi oila-nikoh munosabatlarida ham jiddiy
o'zgarishlarni, oilaviy munosabatlarda vujudga kelayotgan yangi muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Ayniqsa, ularning ichida oila - nikoh munosabatlarining huquqiy-yuridik
yo'nalishi, ahloqiy-estetik, oila va islom dini, oila va aholi salomatligini ximoya qilish
muammosi, oila soni, tarkibi va tuzilishi, oilaning moddiy-iqtisodiy taʼminoti, turmush
darajasi, oilada er-xotinning o'rni va ro'li, oiladagi ruhiy muhit, oilaviy mojarolar va
ajralishlar, ularni keltirib chiqaradigan sabablar, yosh oilalar va ulaming axvoli kabi
yo'nalishlar muhim sotsiologik tadqiqot ob'ekti bo'lib kelmoqda.
Oila-nikoh sotsiologiyasi turmush tarzi sotsiologiyasi bilan uzviy bog'liq holda olib
qarab o'rganiladi. Zero, oila bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalar kishilar turmush tarzi
tarkibiga kiradi. Ammo, oila jamiyatning kichik yacheykasi sifatida maxsus sotsiologik
tadqiqotga muxtoj. Shuning uchun ham oila-nikoh sotsiologiyasi maxsus sotsiologik