Международный
научный
журнал
№
6
(100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
485
"Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, ahloq-odobini ham yaxshilangizlar", -
deyiladi xadislarda. Farzand - xayotning guli.
Darhaqiqat, odobli farzand bilan xayotimiz
fayzlidir. Biroq, farzandlarimiz xatti-harakatida ham goxo nuqsonlar ko'zga tashlanadi,
ularni o'z vaqtida oldini olib, bartaraf etmaslik gunoh ishlarga olib boradi. Shuning uchun
oilada farzandlarimizga xadis namunalarini uqtirib borishimiz ham foydadan xoli emas.
Pedogogika fani atamasida "tarbiyasi qiyin" degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha
odatda shux va qaysar o'quvchilarga nisbatan ishlatiladi. Shuningdek, tarbiyasi og'ir bolalar
qatoriga o'zboshimcha, xatto bezori bolalar va zararkunanda darajasiga tushib qolgan
usmirlar ham kiradi: ularni tarbiyalash, xayotida haqikiy tug'ri yo'lga solib yuborish oson ish
emas albatta. Biroq,
astoydil, e'tiqod va fidoyilik ko'rsatib, ijtimoiy fanlar qonuniyatlariga
suyanib, bu og'ir va mashaqqatli ishda muvaffaqiyatga erishadigan tarbiyachi-murabbiylar
ham yuk emas.
Bola ruhiyati va madaniyatining nuqsonlarini o'z vaqtida payqab, ularni bartaraf etish
tadbirlarini izlash va mohirona ish yuritib, tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, shubhasiz,
samarali
natijalarga erishish mumkin. Buning uchun ruhiyat va pedagogika fanlarining yutuqlariga
suyangan holda oilalarda, ota-onalar universitetlari ishlarini jonlantirgan holda, bu vazifaga
mutasaddi bo'lgan mutaxassislarning mas'ulyatini oshirish talab etiladi.
Oila a'zolari o'rtasida nutq odobi masalasi ham g'oyat muhim ahamiyatga egadir.
Biroq, bu ishni amalga oshirishda, birinchi galda ota-onalarning o'zlari namuna ko'rsatib,
sof ona tilida so'zlashlari lozim. Ma'lumki, "sen" va "siz" so'zlari ham bir og'izdan chiqadi.
Ayniqsa, o'zbek elinining xush odobi,
mehnatsevarligi, uddaburon va chaqqonligi,
saramjon-sarishtaligi xususiyatlari bilan hammada xavas uyg'otibgina qolmay, shirin so'z,
xushmuomala, yoqimtoylik fazilatlari bilan xonadonga nur yog'diradilar. Baliq suv bilan tirik
deganlaridek, odam-odam bilan hayotdir. Buning asl ma'nosida odamlarning o'zaro
muloqotidagi aloqa qurolining ijtimoiy sifatlari yotadi. Bulajak oila vakillari, bular farzandlar
ekan, ularning kelgusida qanday oila qurishlari, qanday oila egasi-yu,
qanday uy bekasi
bo'lishi, ular usib-unayotgan oilasida shakillanadi. "Qush uyasida ko`rganini qiladi", - degan
naql bejiz emas. Oiladagi an'analar, udumlar asrlar osha davom etaveradi. Undagi yaxshi va
yomon fazilatlar, hamda illatlar kelgusi avlodlar xayotida o'z aksini topadi. Shuning uchun,
iloji boricha oilada ijobiy xislatlari kengroq shakillantirib, nuqsonlarni bartaraf etib borilishi
ota-onaning va oiladagi boshqa keksa avlodlarning jamiyat oldidagi jiddiy burchi
hisoblanadi.
Oilada bolaning kitobxonligini uyushtirish ham jiddiy ahamiyatga ega bo'lib, uni
quyidagicha amalga oshirish mumkin:
1. Har qaysi yoshdagi bolalar uchun badiiy asarlami to`g`ri tanlash va olib berish.
2. Ma'lum tartib asosida badiiy kitoblarni o`qish uchun vaqt hamda sharoitni asosida
badiiy kitoblari o`qishni belgilash.
3. Badiiy asarlarning tarbiyaviy tomonidan ta'sir ko'rsatadiganlarini tanlash va kerakli
adabiyotlarni to`plab, oila kutubxonasini tashkil etish.