Исследование в XXI веке январрь, 02 г 481 nikoh va oila sotsiologiyasi



Yüklə 113,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix24.12.2023
ölçüsü113,92 Kb.
#191139
növüИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Komolov Dilshod Akrom o’g’li 231104 230251


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
январрь
, 202
3
г 
483 
nazariya sifatida xozirgi davr jamiyat ijtimoiy xayotini ilmiy jihatdan o'rganishda muhim 
ahamiyatga egadir. 
Oila-nikoh munosabatlarining asosiy sotsiologik tushunchalariga quyidagilar kiradi: 
Oilaviy xayot sharoiti, oila tarkibi, oila funksiyasi, oila turmush tarzi, oilaviy mafkura va 
boshqalar. 
Bu tushunchalar oila-nikoh munosabatlarining eng muhim jihatlarini o'zida 
ifodalaydi. 
Oila jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim elementi sifatida o'ziga xos ijtimoiy 
vazifalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) deganda, oila va uning a'zolari 
hayot faoliyati, faollikni namoyon qilish usuliga bag'ishlanadi. Ularga quyidagilar kiradi: 
biologik ko'payish, tarbiyaviy, xo'jalik-iqtisodiy, o'zaro yordam, kommunikativ, regulyativ 
kabilar. 
Ayniqsa, oilada bola tarbiyasi, keksalarga yordam, mehnatga layoqatini 
yuqotganlarga g'amxurlik qilish, oilaviy an'analarni saqlash va ma'naviy munosabatlarni 
tartibga solish kabi muhim ahamiyatga ega ijtimoiy munosabatlar mujassamlashgandir. 
Oilada "voyaga yetgan, mehnatga layokatli farzandlar o'z ota- onalariga g'amxurlik qilishga 
majburdir". 
Shunday qilib, "oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o'zining ko'p 
asrlik mustaxkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo'ladi, oilada demokratik negizlarga asos 
solinadi, odamlarning talab extiyojlari va qadriyatlari shaqllanadi". 
Xozirda, turli mamlakatlarda, jumladan O'zbekiston respublikasida ham oilaning 
moddiy ne'matlar ishlab chiqarish funksiyasining salmog'i yanada ortmoqda. Bozor 
munosabatlarnining tarkib topishi natijasida bu funksiyaning bajarilishi, oilaning boshqa 
funksiyalarini faol amal qilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Masalan: oilaviy kichik 
korxonalar, ustaxonalar, kooperativlar, oilaviy fermer xo'jaliklari, ijara qudratlari kabi ishlab 
chiqarish funksiyasining amal qilishi bilan jamiyat taraqqiyotida nafaqat iqtisodiy jihatdan 
ahamiyatliroqdir, ko'p jihatdan aholini ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish, 
xo'jalikuchun zarur mollar bilan taʼminlash (xo'jalik-iqtisodiy funksiyasi) bolalarda 
yoshlikdan mehnat kunikmalarini shakillantirish (tarbiyaviy funksiyasi), ijtimoiy-psixologik 
(o'zaro yordam funksiyasi), oila byudjetini ta'minlaydi. Er-xotin va farzandlar o'rtasidagi 
ruhiy uyg'unlikni (kommunikativ funksiyasi) mexr-oqibat munosabatlarini yanada oshiradi. 
Oila asosini nikoh munosabatlari tashkil qiladi. Nikoh - bu tarixan vujudga kelgan er 
va xotin o'rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy-ahloqiy shaqlidir. Nikoh orqali jamiyat er-
xotinning o'zaro jinsiy xayotini tartibga soladi va ularning oiladagi huquq-burchlarini 
qonunlashtiradi. Shu bilan birga, oila nikohga nisbatan yanada murakkabroq bo'lib, nafaqat 
er-xotinni, balki ularning farzandlarini va shu oila tarkibiga kiruvchi qarindoshlarni ham o'z 
ichiga oladi. 


Международный
научный
журнал

6
(100), 
Yüklə 113,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin