часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
486
4. Bolalar kitobxonligini bog'cha va maktab bilan hamkorlikda uyushtirish. Bunda
uslubchilar va sinf raxbarlari bilan doimiy aloqa o`rnatib bolaning tarbiyasi bilan muntazam
ravishda kiziqib turish kerak.
5. Oilada bolalar kitobxonligini oshirishda (uyushtirish) turli xil usullardan foydalanish
(tajriba va kuzatish, suxbat, ifodali uqish, hikoya, baxs-munozara) yaxshi samara berishini
ko'rsatadi.
Yuqorida aytib o`tganimizdek, oilada tarbiyaga katta ahamiyat berish kerak. Oila
a'zolari bir-birlari bilan qanday muomalada bo'lsalar, shu muhit qobig'idagi o`spirinlarda
ham xuddi shunday va ularga xos xulk-atvorlar namoyon bo`la boshlaydi. Oila xontaxtasi
atrofida o`tirib, turli mavzularda muloxazalar yuritish, murakkab muammolarni hal qilish
borasidagi atroflicha yetarli baxslar, shubxasiz, yigit-qizlar aql-zakovatining o'sishida,
ularning aql-kamolotida turtki vazifasini bajaradi.
Oilaviy turmush bu buyuk hayot maktabidir, unda er-xotin bir-birini chisidan
oʻrganadi, oʻzidagi kamchiliklarni payqaydi va tarbiyalaydi, biri ikkinchisidan bartaraf eta
boradi. Ana shu kamchiliklarga bardosh bergan oilagina baxtli bo`la oladi. Oila qurishdan
asosiy maqsad farzand qurishdir, avlodlar davomiyligini davom ettirish, jamiyat manfaati
yo'lida xormay-tolmay mehnat qilishdan iboratdir.
Er ila xotinning qonuniy suratda birga yashab, bir vujud bo'lishlaridan oila tashkil
bo'lur. Er o'zi uchun bir xotin tanlab, dunyoda bo'lgan tirikligida, shodligu - qayg'usida, har
bir yaxshi-yomon kunida suyanchik bo'ladigan, joniga roxat baxsh etadigan bir sirdosh
topur. xotun odam bolasida bulgon xulklarni go'zallashtirurki, bunga sabab qattiq
ko`ngillarni yumshatuvchi, insonlarni jonvor emas, inson etuvchi bir kut bo'lganidandir.
Zero do'stlik va yaqinlik kabi narsalar nakadar mustaxkam bo'lsa-da, oila tashkil etishdan
qudratliroq emas. (XADIS, 9-bet).
Oila qurishdan oldin, uning inqilobi va istiqboli ustida uylamoq oqillarning ishi.
Aksincha, ba'zilar avval turmush qurib, keyin pushaymon qila boshlaydilar. "Er va
xotinning bir-biriga bo'lgan mexru-vafosi bizga bobolarimizdan qolgan bebaho merosdir. "
Nikoh munosabatlarini, yolgiz yashovchilari, oilaviy bo'zilish sabablarini o'rganish
jamiyat ijtimoiy tarkibini ijobiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan, oila ya nikoh munosabatlari nafaqat er-xotining o'rtasidagi shaxsiy,
balki ijtimoiy, umumbashariy ahamiyatga ham egadir. Oila nafaqat eru-xotin ittifoqi, balki
jamiyatning asosiy bo`g'inidir, respublikamizda o`tgan 1998-yilning "Oila" yili deb e'lon
qilinishi va shu munosabat bilan bir qator tadbirlarning amalga oshira boshlanganligi
buning yaqqol dalilidir.
O'zbekiston respublikasida nikoh va oila munosabatlarini rivojlantirish va
mustahkamlash yo'lidagi sotsial tadbirlar.
1997 yil 5 dekabr kuni O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 5
yilligiga bag'ishlab o`tkazilgan tantanali yig'ilishda mamlakatimiz yo'lboshchisi Islom
Karimov ma'ruza qilib, kelayotgan 1998 yilni "Oila yili" deb e'lon qilgan edilar.