Issn: 181-2489 volume ǀ issue 5


Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva



Yüklə 30 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü30 Kb.
#199127
1   2   3   4   5   6   7
o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Mamlakatning har bir fuqarosi o‘zi yashab turgan jamiyatni shakllantirishdagi, rivojlantirishdagi, ishlab chiqarishda ishlashdagi va uni boshqarishdagi asosiy kuch hisoblanadi. Fuqarolar hayoti va mehnati xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala bo‘lib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligiga va barqarorligiga, kuchli ilmiy–texnik va intellektual imkoniyatlarga ega ekanligiga bog‘liq. Davlat uchun kuchli ilmiy–texnik va intellektual imkoniyatlar zaxirasi esa – yoshlardir, ularning olgan ta’lim va tarbiyasi, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha
egallagan bilimi va uquvi darajasidir.
Ishlab chiqarishda mehnatni tartibsiz, amaldagi qonun-qoidalar, standartlar va ko‘rsatmalarga amal qilmasdan amalga oshirilishi, nafaqat jarohatlanish yoki shikastlanishni keltirib chiqarishi, balki ayrim hollarda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Tabiiyki, bu insonni o‘zining mehnat faoliyatidagi tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va boshqa turdagi barcha xavfli faktorlardan himoyalashni ilmiy asosda tashkil qilishni talab etadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Mamlakatimizda yillar o’tgan sayin ishlab chiqarish va boshqa juda ko’p sohalarda ayollar mehnati ortib bormoqda. Ularga ta’lim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishdagi mehnatlari uchun rag’batlantirishda hamda xizmat yuzasidan ko’tarilishda teng huquqiy imkoniyatlar yanada ko’p yaratilmoqda. Shunday bo’lsada, ayollar ba’zi hollarda, ayrim bir sharoitlarda, erkaklar bilan bir xil ishlarni bajara olishmaydi. Ayolning organizmi o‘ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli og‘ir jismoniy mehnatga, ba’zi zararli omillarga (chang, titrash, organizmning qattiq qizib yoki sovib ketishi va boshqalar) ta’sirchan hisoblanadi. Bu zararli omillar ta’siri ular organizmining homiladorlik kezlarida salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi, asoratlar qoldirishi (toksikoz, bola tushib qolishi, o‘lik tug‘ilish va boshqalar) bola tug‘ish funksiyasining buzilishi (bola ko‘rmaslik), avloddagi o‘zgarishlarga (bolaning erta tug‘ilishi, nogironlik) sabab bo‘lishi mumkin. Ayollar mehnatini muhofaza qilishda ko‘p muammolar bo‘lib, uning biologik va ijtimoiy ahamiyati judayam muhim hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ayollar mehnatini muhofaza qilishda ularga asosiy tayanch sifatida korxona va tashkilotlarda mehnat muxofazasiga oid asosiy talablar xamda qoidalar O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (13-bob, 211- 233-moddalar hamda 14-bob, 224-238-moddalarda), O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 maydagi «Mehnatni muxofaza qilish to'grisida»gi qonunda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlarida, tarmoq vazirliklari va idoralar tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan mehnatni muxofaza qilishga oid standartlar, korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalari, tarmoq jamoa kelishuvlari, ichki mehnat tartibi qoidalarida va boshqa me'yoriy xujjatlarda nazarda tutilgan. Bundan tashqari 7.03.2019 yildagi PQ–4235-son qarorga ko’ra Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar” qabul qilindi.

Yüklə 30 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin