Issn: 181-2489 volume ǀ issue 5



Yüklə 30 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü30 Kb.
#199127
1   2   3   4   5   6   7
o-zbekiston-respublikasida-ayollar-mehnat-faoliyatini-muhofaza-qilishning-ahamiyati-va-ularga-yaratilayotgan-shart-sharoitlar

MUHOKAMA


Davlatimiz tomonidan kelajagimiz tayanchi boʼlgan yosh avlodni, ular tarbiyasi bilan mashg’ul boʼlgan onalar va barcha xotin-qizlarni ishlab chiqarish jarayonida himoyalashga qaratilgan ulkan ijtimoiy dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Аyollarni ijtimoiy himoyalash», «Nogironlarni mehnatga qaytarish» davlat

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
dasturlarining roʼyobga chiqarila boshlanishi bilan bir necha minglab ish joylari sog’lomlashuviga, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishiga erishildi.Yuqorida aytib o’tganimdek 2019-yil 7-martda qabul qilingan “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab- quvvatlashga oid chora-tadbirlar” ga asosan:
“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilmoqda. Ular uzoq muddat bola parvarishlash ta’tilida boʻlgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar boʻyicha qayta tayyorlashga koʻmaklashadi, ayollarning biznes yuritish koʻnikmalarini shakllantiradi, ularga maslahatlar beradi va amaliy yordam koʻrsatadi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan хotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va хotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladigan roʻyхat asosida maхsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitiladi. Maхsus dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirganlarga tuman (shahar) хotin-qizlar qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit beriladi. Kredit muddati 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yildan oshmaydi, stavka – yillik 8%. Buning uchun Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 mlrd soʻm ajratadi, uning kamida yarmi qishloq joylardagi хotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi” – deyilgan va bundan tashqari boshqa bir qancha ayollarni mehnat huquqlarini kafolatlari ko’rsatib o’tilgan.
Ayollarni mehnat jarayonida muhofazalash Mehnat kodeksining 224-238- moddalarida ko‘zda tutiladi. Mehnat kodeksining XIV bobida ayrim toifadagi xodimlarga, ayollarga, yoshlarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar ko‘rsatib berilgan.
Mehnat kodeksining 224-moddasida homilador ayollarni va bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar keltirib o’tilgan. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilish rad etilsa ular sudga shikoyat qilish huquqiga ega hisoblanadi.
Ayollar mehnatining qo‘llanishi taqiqlanadigan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va korxona vakillari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ish davomida tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollar sog‘lig‘ida ishga bog‘liq o‘zgarishlar ehtimoli mavjud bo‘lganda, ularning xizmat ko‘rsatish me’yorlari o‘zgartiriladi. Ba’zi hollarda o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda, yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi, zararsiz ishga

Yüklə 30 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin