Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports


Beshinchi qadam, pedagogik axborotni tahlil etish



Yüklə 308,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix24.07.2023
ölçüsü308,69 Kb.
#137299
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
186d4d0779cc5208abe77d8918dbc835

Beshinchi qadam, pedagogik axborotni tahlil etish.
Pedagog, kasbiy faoliyati va shaxsiga oid 
jamlangan axborotni sabab va oqibat bog‘liqligida tahlil etishi lozim bo‘ladi. Tahlilning natijasida, 
pedagogik muammo yechimining muqobil yo‘li belgilangan. Bunda, pedagog o‘z oldida “Nima uchun?” 
- degan savolni qo‘yishi lozim bo‘ladi. Javoblar natijasi asosida shaxsiy faoliyat rejasini tuzadi. Unda, 
muammolarni bartaraf etish uchun maqsadli harakatlarni amalga oshirishning aniq yo‘l va texnikalari 
belgilab olinadi. 
Oltinchi qadam, amaliy harakatlar tartibini belgilash.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish 
uchun tuzilgan rejada belgilangan yo‘llar (tartib) uchun uslublar tanlanib (o‘z ustiga mustaqil ishlash, 
tajribali kasbdoshlardan maslahat so‘rash, psixologga murojaat etish), pedagogik muammoni bartaraf 
etish maqsadida amaliy harakatlar bajariladi. Natijada, pedagogning o‘zi va pedagogik jamoa oldida 
faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun ta’limiy vazifa va majburiyatlar dolzarblashadi. 
Yettinchi qadam, harakatlarni takomillashtirish.
Pedagog tomonidan kasbiy muvaffaqiyatga 
erishish uchun bajariladigan amallar turli pedagogik vaziyatlarni inobatga olgan holda qiyoslanadi. 
111 


ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son 
Natijada, harakatlarning muqobil variantlari, pedagogik faoliyat manfaatlari va aniq vaziyat inobatga 
olingan holda maqbul bo‘lgan variant (yo‘l, usul) tanlanadi. Pedagog va pedagogik jamoaning 
vazifalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Sakkizinchi qadam, akmeodarajaga chiqishni ta’minlash. 
Bunda, kasbiy faoliyatda 
muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlash maqsadida, ya’ni belgilab olingan vazifalarni bajarish uchun 
barcha resurslarning joriy holati belgilab olinadi. Bunda, ulardan foydalanish darajasini baholash lozim 
bo‘ladi. Yetarlicha foydalanilmagan resurslardan foydalanishning maqsadi, yo‘llari belgilanib, ularni 
qo‘llash manzili, vaqti, tartibi va nazorat turi aniqlab olinadi. Amaliy harakatlarni bajarishga o‘tiladi. 
Adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi, 2014. –B.73. 
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. – T.: 1997. – B.12.
3.
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”. – T.: 1997. – B.13. 
4.
Karimov I. A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. – Toshkent: O‘zbekiston, 
1999, – B.94. 
5.
G‘oziev E., Samarov R. Ilmiy ijod va olimning shaxsi // J. Ta’lim muammolari. 2014. 2–son. 
6.
Брылева У. В. Психологическая поддержка профессионально – личностного развития 
педагога в условиях инновационного образования // Диссертации кандидата 
психологических наук.- Самара: Университет, 2014.
7.
SamarovR., SadriddinovS. Barkamollik tizimida kasbiy layoqatlilik // J. Zamonaviy ta’lim. 
2013, 6-son.

Yüklə 308,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin