Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Yüklə 308,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix24.07.2023
ölçüsü308,69 Kb.
#137299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
186d4d0779cc5208abe77d8918dbc835

“a ko‘rinishdagi son, 
sifat va tuzilmadan→A ko‘rinishidagi son, sifat va tuzilmaga o‘tishi”
tarzida” ko‘satib o‘tish 
mumkin. Aynan shu ko‘satkich pedagogik faoliyat natijasining samaradorligi hisoblanadi. Bunga 
erishish uchun, pedagog maqbul bilimlarni yetkazish texnikasi, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish 
strategiyasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Agarda, pedagog ta’lim berayotgan predmetida talabani shaxs-
mutaxassis sifatida shakllantira olish stratregiyasiga ega bo‘lsa, bu ko‘rsatkichni pedagogik faoliyatda 
akmedaraja sifatida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Shu sababli, pedagog kasbiy faoliyatini takomillashtirish 
yo‘lida doimo izlanishda bo‘lishi lozim. Buning uchun har bir pedagog iqtidori, tajribasi, kasbiy 
maqsadi, hayotiy tamoyillaridan kelib chiqqan holda biron bir texnologiyani tanlaydi. Zamonaviy 
ta’limda, kasbiy yetuklikka erishishga qaratilgan texnologiyalar ko‘p va nazariy jihatdan ularni, ta’limiy 
ma’lumotni sharhlash – tasvirlash texnologiyalari, ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar va 
ta’limni rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar kabi guruhlarga ajratish mumkin.
110 


ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son 
Devid Kolbning “Tajriba vositasida o‘qitishning davriyligi”, Karl Rodjersning “Ta’limga samarali 
ta’sir ko‘satadigan omillar”i (ya’ni: -samimiylik, hurmat, ishonch) texnologiyasi shular 
jumlasidandir[5].
Shu o‘rinda pedagog shaxsini kasbiy yetuklikka erishishni ta’minlashga qaratilgan “Maqbul 
qadamlar” texnologiyasini keltiramiz. Bu texnologiya kasbiy kamolotga erishish uchun pedagog 
tomonidan har bir qadam doirasida ma’lum vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Har bir qadam doirasida 
pedagog aniq vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi natijasida, galdagi qadam qo‘yishga erishiladi. 
Texnologiyaning maqsadi pedagogning kasbiy kamolotga erishish jarayonini ta’minlashdan iborat 
bo‘lib, bunda kasbiy bilimlarni oshirish, pedagogik taktga ega bo‘lish, pedagog shaxsida 
mujassamlashmagan kasbiy sifatlarni shakillantirish, turli pedagogik vaziyatlarda ta’lim manfaatlarini 
himoya qilish g‘oyasiga tayangan holda qaror qabul qilishga tayyorlashdan iborat. Qadamlar bir-biri 
bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, asosiy e’tibor kasbiy faoliyatni sifat o‘zgarishiga qaratilgandir [6-7].
Birinchi qadam,
pedagog tomonidan pedagogik muammo belgilab olinadi. Bunda, pedagogik 
jarayonda ifodalangan qiyinchiliklar baholanadi (“5” balli mezon bo‘yicha), muammo aniqlanadi. 
Bunda “5 ball. Muammo, ta’lim berish metodikasiga taalluqli (aniq mavzu bo‘yicha 
tayyorgarlik)”; 
“4 ball. Muammo, pedagogning shaxsiga taalluqli (masalan kayfiyat, agressivlikni yuqori 
ifodalanganligi, destruktiv “Men”ni shakllanganligi) xususiyatlar”;
“3 ball. Muammo, pedagogik jamoaga taalluqli (androgogik xususiyatlar, nizoli vaziyatlar)”;
“2 ball. Muammo pedagogning kasbiy sifatlariga taalluqli (kasbiy ong, pedagogik kompitentlik)”;
“1 ball. Muammo, texnik omillarga taalluqli (darsni tashkil etish, mavjud sharoitlarning talabga 
javob bermasligi)”.

Yüklə 308,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin