Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Yüklə 308,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix24.07.2023
ölçüsü308,69 Kb.
#137299
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
186d4d0779cc5208abe77d8918dbc835

ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son 
ta’lim tarixida esa, taraqqiyotni ta’minlash uchun iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy omillarning ta’siri asosida 
vujudga kelgan jarayon sifatida baholanishi mumkin. Garchi, bu tarzdagi sharhlar nazariy mazmun kasb 
etadi, tarixiy davr nuqtai nazari asosida taraqqiyotni ta’minlash uchun galdagi vazifalarni belgilab olish 
uchun amaliy mazmun kasb etadi[1]. 
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini tizimli tarzda amal qilishi davlat siyosati doirasida 
strategik mazmunga ega ustivor vazifa sifatida belgilangan. Natijada milliy taraqqiyotimiz ta’minlash 
yo‘lida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi kabi hujjatlar qabul qilindi va 
ularda ko‘rsatib o‘tilgan asosiy tamoyillar amaliyotga joriy etilishi jihatidan aniq davrlarga ajratildi [2-
3]. 
Ta’lim va jamiyat ajralmas yaxlit ijtimoiy organizm hisoblanib, mohiyatdan bir tizim hisoblanadi. 
Jamiyat hayotida kechadigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ta’lim makoniga ham, ta’limning sifatiga ham 
ta’sir ko‘satadi. Aslida, ta’lim va jamiyat tizim sifatida insoniyat tomonidan yaratilgan ma’naviy 
boyliklarni takomillashtirib, insonning o‘ziga va atrofdagilariga pozitiv munosabatda bo‘lish tarzini 
ta’minlashga qaratilgandir. Shu sababli, ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan har qanday 
dasturiy harakat milliy taraqqiyotning istiqboli uchun qo‘yilgan ustun deb hisoblash maqsadga 
muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartir-
masdan turib, biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmas” – deb 
masalaning bosh maqsadini aniq ko‘rsatib o‘tgan [4].
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya oldida yetuk inson – mutaxassis shaxsini tarbiyalash uchun ta’lim 
sifatini ta’minlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu dolzarb masalani yechish yo‘lida mamlakati-
mizda bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” PQ–1533-sonli qarori asosida o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy faoliyatni moderniza-
tsiyalashga e’tibor qaratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad jahon mehnat bozori uchun raqobatbardosh 
milliy kadrlarni tayyorlash, jamiyat taraqqiyotini sohaviy ta’minlashni milliy talab va ehtiyojlarini 
inobatga olgan holda takomillashtirishdan iborat. “O‘z-o‘zidan ayonki, tobora chuqurlashib borayotgan 
islohatlar natijasida erishiladigan o‘ta muhim o‘zgarishlar hech qachon bir kunda, kimningdir buyrug‘i 
yoki xohishi hisobidan bo‘lmaydi. Buning uchun albatta vaqt kerak, eng asosiysi – bu islohatlarning 
mazmuni va maqsadlarini jamiyatimiz, xalqimiz chuqur anglab olishi va qo‘llab-quvvatlashi hal qiluvchi 
ahamiyatga ega”[4]. Shu jumladan, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi har bir mutaxassis o‘z 
faoliyatini milliy taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida qabul qilingan qonunlarga tayangan holda tashkil etishi 
lozim.
Pedagogika faoliyatda motivlar tashqi (shaxsiy va kasbiy kamolotga erishish) va ichki 
(insonparvarlik va ijtimoiy mazmundorlikda dominanlik qiladigan ma’naviy ehtiyojni qondirish istagi) 
kabilarga ajratiladi. Pedagogik faoliyatni amalga oshirishda vosita sifatida, ya’ni ta’lim-tarbiya berish 
uchun asos hisoblangan nazariy va amaliy bilimlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar, ko‘rgazmali o‘quv 
qurollaridan foydalaniladi. Bunda ta’limning maqsadidan kelib chiqqan holda, ya’ni talabalar tomonidan 
bilimlar majmuasini o‘zlashtirishini, kasbiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishini ta’minlashni egallash 
uchun tushuntirish, namoyish etish, kuzatish, birgalikda mashq bajarish, aqliy o‘yinlar o‘tkazish, 
o‘zlashtirishi jarayoni va xulqini nazorat etish, belgilangan kamchiliklarning korreksiyasini o‘tkazishni 
ta’minlash uchun ta’sir ko‘rsatiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchida shaxsiy va kasbiy 
sifatlarni o‘zlashtirish natijasida kamolotga erishish ta’minlanadi. Bu jarayonni “… faraziy jihatdan 
kamolotni son, sifat va tuzilmaviy o‘zgarishlarini psixologik model ko‘rinishida: 

Yüklə 308,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin