66
ma’qullanmagunicha, munozarani tugatmay, uni yangidan boshlab,
davom ettiraverganlar. Bunday tortishuvlar yozishmalar tarzida ham
amalga oshirilar edi. Masalan, imom Molik va imom Layloning Madina
urf-odatlari masalasidagi (imom Laylo imom Molikning Madina
aholisining fikri musulmon huquqi manbalaridan biridir, degan fikriga
qo‘shilmagan) yozishmalari shular jumlasidan.
Turli mazhab vakillari (ularning asoschilari va shogirdlari) o‘rtasidagi
bahslarning yozishmalar yoki shaxsiy uchrashuvlar tarzida ko‘payishi
ba’zi muhim masalalarga oydinlik kiritilishiga va musulmon huquqidagi
mavjud yanglish nuqtai nazar va fikrlarning bartaraf etilishiga sabab
bo‘lgan. Mazhablar taraqqiyoti ilk bosqichidagi ulamolar va ularning
shogirdlarida mutaassiblik va aqidaparastlik qarashlari yo‘q bo‘lgan.
Masalalar odilona tahlil etilgan, xulosalar dalillarning xolisligiga qarab
chiqarilgan. Imomlar Abu Hanifa va Shofi’iy agarda biror hadis
sahihligiga ko‘ra mashhur bo‘lsa, u uning mazhabi hisoblanishi
kerakligini ta’kidlab o‘tganlar. Xamr va boshqa mast qiluvchi
ichimliklarga oid taqiq bunga o‘rinli misoldir. Hanafiy mazhabining
asoschisi imom Hanifa xamrning taqiqlangani faqat uzum sharbatining
achitilishidan hosil bo‘luvchi mahsulotga tegishli ekani, boshqa mast
qiluvchi moddalarga esa taalluqli emasligi haqida fatvo chiqargan. Ushbu
fatvo bilan boshqa mahsulotlardan tayyorlangan mast qiluvchi
ichimliklarning mast qilmaydigan miqdorda iste’mol qilinishiga ruxsat
etilgan. Biroq Abu Hanifaning uch nafar eng mashhur shogirdi (Abu
Yusuf, Muhammad ibn Hasan va Zufar) keyinchalik ustozining bu
fatvosini Muhammad (s.a.v.)ning xamrga mast va sarxush qiluvchi barcha
mahsulotlar kirishi to‘g‘risidagi sahih hadisiga asoslanib, rad etdilar.
Bunday erkin fikr almashishlar, ya’ni hatto mazhablar asoschilari
chiqargan fatvolarni o‘zgartirishgacha borish, afsuski, keyingi davrlar
mazhablarida uchramagan.
Kichik ulamolar davri, ya’ni turli mazhablarning ikkinchi avlodi
vakillari davrida (850–950-yillar) fiqhning rivojiga quyidagi omillar ta’sir
ko‘rsatdi:
Dostları ilə paylaş: