16
5) islom tamoyilining davlat bilan aloqadorligi va uni nomusulmon
mamlakatlarda huquqiy mezonlashtirish;
6) musulmon mamlakatlarida nomusulmonlarning maqomi (davlat
fuqarolari va xorijiy davlat fuqarolari) o‘rganiladi.
Oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-huquqiy va
ma’naviy madaniyatida musulmon huquqi. Ushbu yo‘nalishda asosiy
mavzular sifatida quyidagilar o‘rganiladi:
1) O‘zbekistonda musulmon huquqining tarixi va musulmon huquqiy
tafakkuri;
2) musulmon xulq-atvorlarini mezonlashtirish mexanizmida musul-
mon huquqi va urf-odatning o‘zaro munosabati;
3)
Markaziy Osiyo mamlakatlarining amaldagi qonunchiligi va
musulmon huquqini qiyosiy o‘rganish.
Yettinchidan, musulmon huquqining tarmog‘iga oid muammolar,
hozirgi kunda musulmon huquqining tarkibi, shakli va mazmunida sodir
bo‘layotgan evolyutsion o‘zgarishlardan iborat. Bunda musulmon
huquqining ayrim tarmoqlari va tuzilmalari mumtoz nazariya va hozirgi
zamon amaliyotiga solishtirgan holda tahlil etiladi. Buning uchun eng
avvalo musulmon huquqiy mafkurasi va amaldagi huquqiy normalarning
tizimi sifatida musulmon huquqining manbalarini o‘rganish taqozo
etiladi. Unga Qur’oni karim, hadislar to‘plamlari va ulardan keyin
yozilgan mumtoz asarlar, jumladan «Hidoya» taalluqlidir. O‘rta asrlarda
musulmon mamlakatlarida amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari,
shuningdek, hozirgi zamon islom qonunchiligi va ushbu huquq ta’siridagi
konstitutsiyaviy, oila va meros huquqlarini o‘rganish ham muhim
ahamiyatga ega. Huquqshunoslar, tarixchilar, sharqshunoslar va fayla-
suflarning musulmon huquqi va umuman islomga doir asarlari,
shuningdek islomshunoslik masalalariga bag‘ishlangan huquqiy ada-
biyotlarni ham o‘rganish muhim ahamiyatga molikdir.
Dostları ilə paylaş: