Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov


 Markaziy Osiyoda musulmon huquqining o‘rnatilishi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
islom huquqi

2.2. Markaziy Osiyoda musulmon huquqining o‘rnatilishi, 
o‘zbekistonlik faqihlarning musulmon huquqi rivojiga 
qo‘shgan hissalari 
Islom adabiyotlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, milodiy VIII asrdan 
Movarounnahr xalqlari tarixida yangi davr boshlandi
1
(Movarounnahr – 
Markaziy Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi mintaqa (jumladan 
hozirgi O‘zbekiston hududi)ning arabcha geografik nomi. Islomdan 
oldingi davrlarda Turon deb atalgan. Makedoniyalik sarkarda Iskandar bu 
joyni So‘g‘diyona deb nomlagan, XIX asrning ikkinchi yarmida mintaqa 
Turkiston degan nom olgan). Qanday nomlanishidan qat’i nazar, jahon 
sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘chog‘i bo‘lgan bu mintaqada 
davlatchilik va huquq, din va madaniyat, til va adabiyot rivojlangan edi. 
Turon (Movarounnahr, So‘g‘diyona, Turkiston)ga xos xususiyat shuki, 
uning xalqlari ma’naviyati turg‘unlik kechirmagan, bu hududda hech 
qachon urug‘-aymoqchilik, milliy yoki diniy biqiqlik tamoyillari amal 
qilmagan. Turonga Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Hindiston, Hijoz va 
Vizantiya, Yaqin va O‘rta Sharqdan nafaqat moddiy boyliklar, balki ilmiy 
va badiiy asarlar, yangi g‘oyalar va bilimlar ham olib kelingan. Ular 
«islomga mansub emas», degan vaj bilan rad etilmagan, balki 
ajdodlarimiz tomonidan boyitilib, takomillashtirilib, mahalliy madaniyat 
bilan uyg‘unlashtirilgan. 
VIII asrdan boshlab islom Movarounnahrda hukmron dinga aylanib, 
jamiyat hayotining barcha jabhalariga singib ketgan bo‘lsa-da, amalda 
uning o‘zi ham Turon sharoiti (masalan, mulk shakllari, aholining 
turmush tarzi)ga moslashib borgan. Xullas, musulmon huquqi va uning 
me’yorlarining shakllanishida mahalliy sharoit va urf-odatlar hisobga 
olingan. Qur’on va sunna talablari, yakka xudolik tamoyili – tavhidga zid 
bo‘lgan hamma qarashlarga barham berilgan. Tabiiyki, islom hayotning 
barcha jabhalarini darhol va teng darajada o‘ziga «bo‘ysundirmagan». 
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɆɭΣɚɦɦɚɞ Ⱥɛɭ ɁɭΣɪɚ. ɂɫɥɨɦ ɦɚɡԟɚɛɥɚɪɢɧɢɧɝ ɬɚɪɢɯɢ (ɚɪɚɛ). – 
Ȼɚɣɪɭɬ, 1978. – Ȼ. 76. 


24
Sababi – islomning o‘zi ham darhol shakllanmagan. Islom dini, unga 
asoslangan musulmon huquqi, islom falsafasi – kalom va boshqa, 
tamoyillar va talablar VII–XII asrlar mobaynida bosqichma-bosqich, asta-
sekinlik bilan rivoj topgan.
Movarounnahrda fuqarolik, yer, oila-nikoh, vorislik va boshqa 
masalalar musulmon huquqining hanafiylik mazhabi me’yorlari asosida 
tartibga solingan. Jinoyat ishlari ham ana shu me’yorlar asosida ko‘rib 
chiqilgan va hal qilingan. Bundan tashqari, musulmon huquqiga mahalliy 
odat huquqiga xos ko‘pgina me’yorlar ham singdirilgan edi.
Ta’kidlash zarurki, islom turli madaniyatlar, an’analar va urf-
odatlarni birlashtirdi, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning rivojiga imkoniyat 
yaratdi, o‘sha davrning yangi davlat-huquqiy makonini vujudga keltirib, 
Sharq, jumladan Movarounnahr xalqlari tarixida muhim rol o‘ynadi. 
Tarixni kuzatish, o‘sha davrda yaratilgan «Hudud al-olam», «Kitob al-
masolik va-l-mamolik» kabi asarlarni o‘rganish VII asrning oxirida 
arablar Movarounnahr deganda, Amudaryoning narigi tomonidagi 
hududni tushungan, degan xulosani beradi. Keyinchalik ushbu 
tushunchaning mazmuni kengaygan: dastlab Movarounnahr Xurosonning 
bir qismi sanalgan bo‘lsa, X asr o‘rtalarida u nisbatan mustaqil geografik 
mintaqaga aylangan. Bu davrga kelib Movarounnahr tarkibiga Buxoro, 
Samarqand, Kesh, Nasaf kabi yaqin hududlardan tashqari, Xorazm, 
Badahshon, Marv, O‘zgan, Xuttal kabi viloyatlar ham kirar edi. X–XIII 
asrlarda Movarounnahr siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar ta’sirida 
geografik tushunchadan siyosiy-huquqiy tushunchaga aylandi. Mova-
rounnahr deganda, musulmon aholi yashaydigan O‘rta Osiyo hududi 
tushunila boshlandi. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr ulkan 
hududda yashovchi xalqlarning muhim siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy 
markaziga aylandi. Ayni vaqtda Movarounnahrda ilmiy-madaniy va 
ma’naviy-huquqiy hayotning barcha jabhalari tobora boyib, mustaqillikni 
qo‘lga kirita bordi.
Islom madaniyati va huquqining rivojiga Movarounnahr mutafak-
kirlari va faqihlari ulkan hissa qo‘shdilar. Diniy va dunyoviy ilmlarni 
yangi ta’limotlar va g‘oyalar bilan boyitgan al-Xorazmiy, Rudakiy, at-
Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, 
Burhoniddin Marg‘inoniy, al-Farg‘oniy, al-Marvoziy, Zamahshariy, 
Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Mahmud Qoshg‘ariy kabi buyuk 
allomalar shu zaminda zamindan yetishib chiqdilar.
Xorazmlik ulug‘ alloma – tilshunos, shoir, faqih, Qur’oni karim 
tafsirchisi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad Zamahshariy 


25
(1075–1144)ning nomi Sharq ilmiy tafakkuri tarixida mashhurdir. 
Zamahshariyning hayoti va faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar arab 
manbalarida qayd etilgan. Tarixchi va geograf Yoqut al-Hamaviy (1179–
1229)ning ta’kidlashicha, Zamahshariy buyuk imom unvoniga munosib 
topilgan, fan turli sohalarining bilimdoni, iqtidorli alloma bo‘lgan1. 
«Jorulloh» – «Allohning qo‘shnisi», «Butun dunyoning ustozi», «Xorazm 
faxri», deya ulug‘langan Zamahshariy Xorazmning Zamahshar 
qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasining ko‘magida savod chiqarib, Gurganj va 
Buxoroda ta’lim olgan. Bir necha yil xorazmshohlar saroyida xizmat 
qilgan. 1118-yildan boshlab umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlagan. Ikki 
marta haj safarida bo‘lgan. Ko‘hna Urganchda vafot etgan. 
Zamahshariyning ijodi serqirra va sermahsul bo‘lib, u ellikdan ortiq yirik 
asarlarning muallifi sifatida butun dunyoga mashhurdir. U «Al-kashshof», 
«Al-mufassal», «Navobig‘ ul-kalom», «Atboq uz-zahab», «Maqomot az-
Zamahshariy», «Muqaddimat ul-adab», «Al-mujmal-arabiy al-forsiy», 
«Asos ul-balog‘a» kabi asarlari bilan musulmon olamini hayratga solgan. 
«Al-kashshof» asari to‘qqiz asrdan buyon islomning mashhur madra-
salarida Qur’oni karimni o‘rganish bo‘yicha asosiy qo‘llanma hisob-
lanadi. Zamahshariy, Forobiy, al-Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi 
movarounnahrlik allomalar yangi bilim va tajriba izlab olis yurtlarga – 
Qohira, Aleppo, Damashq va Bag‘dodga ketganlar, u yerlarda tahsil olib, 
o‘zlari ham ta’lim berganlar, shuningdek ilmiy tadqiqotlar bilan 
shug‘ullanganlar.
Xalifa al-Ma’mun IX asr boshida Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» 
(Donishmandlar uyi) fanlar akademiyasini tashkil etib, mazkur ilm 
dargohiga Movarounnahrdan ko‘plab ulug‘ allomalarni taklif qildi. 
Ta’kidlash zarurki, ilk «Ma’mun akademiyasi» («Bayt ul-hikma» hozirgi 
Yevropada shunday deb ataladi)ning dastlabki rahbarlari (prezidenti va 
vitse-prezidenti) al-Farg‘oniy va al-Xorazmiy bo‘lganlar. Movaroun-
nahrlik allomalar Ma’mun akademiyasining tamal toshini qo‘yganlar.
Islom madaniyati va huquqining rivojlanishiga Muhammad al-
Buxoriy, Iso at-Termiziy, al-Hakim at-Termiziy, Najmiddin an-Nasafiy, 
al-Moturidiy, Yusuf al-Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, as-Suhravardiy kabi 
movarounnahrlik buyuk allomalar ulkan hissa qo‘shdilar. Keyinroq (XIV 
asrda) mashhur faqihlarning mazkur guruhiga Bahovuddin Naqshband va 
boshqalar qo‘shildi. Movarounnahr aholisi ommaviy tarzda islom dinini 
qabul qilganidan so‘ng, musulmonlar tomonidan muqaddas joylarni, 
asosan Makkani ziyorat qilishdek diniy aloqa turi keng tarqalgandi. Bu 


26
diniy-huquqiy madaniyatning yuksalishi, Movarounnahrda musulmon 
huquqiy maktablarining shakllanishi va rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. 
Ta’kidlaganimizdek, O‘rta Osiyo mintaqasida hanafiylik mazhabi keng 
yoyilgan. Uning tarafdorlari quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilganlar: 
1. Diniy majburiyatlarni ado etish (ibodat), yuridik amallar 
(muomalot) va jazo tizimi (uqubat) musulmon huquqi (musulmon huquqi 
me’yorlari majmui)ning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Amallar diniy va 
fuqaroviy nuqtai nazardan beshga bo‘linadi. Diniy amallarning quyidagi 
turlari farqlanadi: a) zarur (vojib) va farz (majburiy) amallar – ularni 
bajarishi tufayli inson taqdirlanadi, bajarmasa – jazolanadi. Farz amallar 
shaxsiy (farz al-ayn, masalan, namoz) va zaruriy majburiyat (farz al-
kifoya, masalan, haj)lardan iborat; b) tavsiya etiladigan amallar (mandub) 
– ularni bajarishi tufayli inson taqdirlanadi, bajarmasa, jazolanadi; v) 
ruxsat etilgan amallar (muboh); g) qoralanadigan amallar (makruh); d) 
taqiqlangan amallar (harom).
Fuqaroviy nuqtai nazardan amallarning quyidagi turlari farqlanadi: a) 
to‘g‘ri amallar (sahih); b) noto‘g‘ri amallar (botil); v) ruxsat etilgan 
amallar (joiz); g) o‘rinli amallar (mafrud); d) bog‘lovchi amallar (lozim).
2. Movarounnahr faqihlari ibodat va yuridik qoidalarni farqlaganlar. 
Ular musulmon huquqi yuridik me’yorlar, tamoyillar, xulq-atvor va diniy 
ibodat qoidalari majmuidan iboratligini ta’kidlaganlar.
Movarounnahrda quyidagilar musulmon huquqining manbalari 
Qur’on, sunna, ijmo, qiyos va mahalliy urf-odatlar sanalgan.
Qozilar chiqaradigan hukmlarning quyidagi turlari farqlangan: 1) ar-
ra’y (qiyosga asoslanib ish ko‘rish); 2) istihson (qiyosning bir turi bo‘lib, 
istisno tariqasida hukm chiqarish); 3) istisloh (jamiyat manfaatlarini 
hisobga olib, isloh qilish orqali hukm chiqarish).
Bunda quyidagi talablarga qat’iy rioya etish shart bo‘lgan: hukm 
e’tiqodga daxl etmasligi kerak; hukm islomga zid bo‘lmasligi lozim; 
chiqarilgan hukmdan foyda aniq-ravshan ko‘rinib turishi kerak.
3. Kalom (ilohiyot) va diniy-huquqiy ongning rivojlanishi tufayli 
fiqhning o‘ziga xos maktabi vujudga keldi. U «Movarounnahr fiqh 
maktabi» deya shuhrat qozondi. Uni tashkil etishga mashhur faqihlar 
Imom al-Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy ulkan hissa qo‘shdilar.
Movarounnahr faqihlarining avlodlari kundalik amaliyotda nafaqat 
islomning umumiy me’yorlari, balki mintaqa hayotining muayyan 
xususiyatlari hisobga olingan Movarounnahr fiqh maktabining 
an’analarini davom ettirdilar. Movarounnahr fiqh maktabi mintaqa 
hayotida muhim o‘rin tutgan. Movarounnahr tarixi tadqiqotchilarning 


27
ko‘plab avlodlari e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Mintaqada islom 
tarixini o‘rganishga mashhur sharqshunos V. V. Bartold katta hissa 
qo‘shdi. O. G. Bolshakovning tadqiqotlari hanafiylik mazhabi tarixida 
ulkan ahamiyatga ega bo‘lib, u Movarounnahr xalqining hayotiga 
bag‘ishlangan1. Bu mavzuga O. D. Chexovich ham to‘xtalib, mintaqadagi 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holat haqida tarixiy ma’lumotlar olish uchun 
Movarounnahr faqihlarining asarlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega 
ekanligini aytib o‘tgan 2. O. Pritsakning tadqiqoti buxorolik nufuzli oila – 
Burhonlar sulolasi tarixiga bag‘ishlangan3. V. Madelungning ilmiy 
tadqiqoti Sharqiy Xuroson va Movarounnahrda hanafiylik mazhabining 
yoyilishida murji’iylar ta’limotining roliga bag‘ishlangan1. Uning boshqa 
bir maqolasida Yaqin Sharq mamlakatlarida moturidiylik ta’limotining 
tarqalishida Movarounnahr ilohiyotchilarining roli yoritilgan 2.
Al-Xoris ibn Surayj (128–746-yilda o‘ldirilgan) o‘limidan keyin Kufa 
murji’iylari ulamosi Abu Hanifa sharqiy murji’iylar rahnamosiga 
aylangan. Sharqiy Xuroson, ayniqsa, Balxdan Iroqqa ta’lim olgani kelgan 
odamlar asosan Abu Hanifa qo‘lida tahsil olganlar. Abu Hanifaning 
Kufadagi muxoliflari Balxni zaharxandalik bilan «Murji’yobod» deb 
ataganlar. IX asr oxirida islomning sunniylik yo‘nalishidagi asosiy diniy-
huquqiy maktablari shakllangan. Balx hanafiylik ta’limotini ishlab 
chiqish va o‘rgatishning Sharqdagi markaziga aylangan. Sharqiy Xuroson 
va Movarounnahrda Abu Sulaymon al-Jo‘zjoniy (200–815-816-yillardan 
keyin v.e.) va Abu Hafs al-Buxoriy (217–832-y. v. e.) hanafiylik 
mazhabining asosiy g‘oyalari o‘z aksini topgan Muhammad ibn al-Hasan 
ash-Shayboniy (189–805-y. v. e.) asarlarining targ‘ibotchilari bo‘lganlar.
Somoniylar davlati tashkil topgach, uning poytaxti Buxoroda ijtimoiy 
hayot jadal sur’atlarda rivojlangan. Buxoro va Samarqandda mahalliy 
hanafiylik maktablari vujudga kelgan. Al-Kafaviy asaridagi isnadlarni 
(isnad – hadisda aytilgan so‘zni aytuvchisiga bog‘lash) o‘rganish va bu 
yerlarda maktablarning shakllanishida Bag‘dod va Balxning ta’siri kuchli 
bo‘lgan. Samarqandda Ismoiliylar aqidalariga qarshi keskin kurashgan va 
keyinchalik al-Moturidiy (333–945-y. v.e.) nomi bilan ataluvchi yangi 
oqim vujudga keldi. X asrning oxirida Abu Lays as-Samarqandiy (373–
984-y. v.e.) va Abu Bakr Muhammad ibn al-Fazl al-Buxoriy (381–991-y. 
v.e.) kabi allomalarning faoliyati Movarounnahr fiqh maktabining shu 
davrdagi yuksak mavqeidan dalolat beradi. Buxoro va Samarqandda 
Movarounnahr hanafiy faqihlarning sakkiz guruhi (beshtasi Buxoroda va 
uchtasi Samarqandda) mavjud bo‘lgan. O‘sha davrda yashagan musulmon 
huquqshunoslari o‘tmishdoshlarining hech qanday hukm bo‘lmagan yangi 


28
hayotiy vaziyatlarni hal qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Ular hanafiylik 
mazhabining an’analari va mahalliy urf-odatlarga asoslanib, turli masa-
lalar yuzasidan fatvo chiqarganlar. Nufuzli faqihlarning qarorlari kelajak 
avlodlar uchun kundalik amaliyot qo‘llanmasi bo‘lib qolgan. Movaroun-
nahrlik faqihlar xo‘jalik, mulk, oila-nikoh, savdo-sotiq munosabatlari, 
rasm-rusumlar yuzasidan fatvolar chiqarganlar. Bunday fatvolarda 
Movarounnahr aholisining turmush tarzi va yashash sharoitiga xos 
xususiyatlar inobatga olingan.
Movarounnahr fiqh maktabining olti vakili – as-Saraxsiy (490–1097-
y. v.e.), al-Pazdaviy (482–1089-y. v.e.), Iftixoriddin al-Buxoriy (542–
1148-y. v.e.), as-Sadr al-Kabir (570–1175-y. v.e.) va Faxriddin Qozixon 
(592–1196-y. v.e.)ga usul al-fiqh bilimdonlari uchinchi darajali mujtahid 
unvonini berganlar. Bu faqihlarning Movarounnahrda furu’ al-fiqh 
bo‘yicha qarorlari va hukmlari oltmishdan ortiq kitobda o‘z aksini topgan.
Burhoniddin Marg‘inoniyning «Muxtasar al-Kuduriy», «Hidoya», 
Ibn Bazzozning «Fatvo», Abu Yusufning «Adab al-qozi», Imom at-
Tahoviyning «al-Aqoid» asarlari fiqh sohasidagi eng sara va noyob 
manbalar hisoblanadi. Bu manbalarda musulmon huquqining faro’id 
(vorislik), mulk, uqubot (jinoyat huquqi), muomalot (fuqarolik huquqi) 
kabi tarmoqlarining aniq ta’riflari keltirilgan.
4. Ijtimoiy munosabatlar ar-ra’y tamoyili asosida tartibga solingan. 
Undan foydalanish huquqi qozilarga berilgan. Movarounnahr fiqh 
maktabiga xos xususiyatlardan biri jinoyat sodir etgan shaxslarga 
rahmdillik bilan yondashish bo‘lgan. Masalan, o‘g‘rilik uchun jazo – bir 
qo‘lni kesish homilador ayollar, qashshoq yoki yosh musulmonlarga 
nisbatan qo‘llanilmagan. Mazkur maktabga xos yana bir xususiyat – 
Movarounnahrning atoqli faqihlarining asarlaridagi qoidalar qonun 
kuchiga teng bo‘lgan.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin