MARKAZIY BANK - pul, obligasiya emissiyasi (chiqarilishi) bilan, shuningdek mamlakatning butun bank tizimini boshqarish, nazorat qilish bilan shug'ullanadi. Shuning uchun u «banklar banki» deb nom olgan.
MARKETING - (inglizcha market-bozor) holatini o'rganish, uni oldindan baholash orqali tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu yo'l orqali tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish, eng yuqori foyda olishni ta'minlash. Maxsus M. Dasturlari orqali amalga oshirilib, xaridorlarni va raqobatchilarni o'rganish asosida tovarlar sifatini yaxshilash, narxini o'zgartirish, reklamani joylashtirish,
xaridorlarni qoniqtiradigan tovar va xizmatlarni yetkazib berish kabi chora-tadbirlar qo'llaniladi.
MENEJMENT - (inlizcha management) u yoki bu faoliyat turini tashkil etish va rahbarlik qilishni, iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi.
MENEJER- yollanma professional boshqaruvchi; aktiv faoliyat bilan shug'ullanuvchi odam.
MEHNAT - bu insonning biror bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyat bo'lib, u orqali inson o'zining ehtiyojlarini qondirish uchun tabiat in'omlarini o'zgartiradi. Inson mehnati ikki ёqlama xarakterga ega: a) KONKRET MEHNAT- tovarning iste'mol qiymatini yaratadigan, biron bir aniq ko'rinishga ega bo'lgan mehnat turi tushuniladi.b) ABSTRAKT MEHNAT- tovar qiymatini yaratadi. «Abstrakt» (so'zi o'zbek tilida
«mavhum» degan ma'noni bildiradi). Mehnat aniq shaklidan qat'iy nazar umuman sarflangan ish kuchidir, jami ijtimoiy mehnat sarfidan iborat bo'ladi.
MEHNAT BIRJASI -ishchi, xizmatchi va ish beruvchi o'rtasidagi ishchi kuchini sotish va sotib olish bo'yicha kelishuvni amalga oshirishda muntazam vositachi vazifasini o'taydigan, ishsizlar hisobini yuritadigan, ularni ish bilan ta'minlash, qayta o'qitish kabilar bilan shug'ullanuvchi davlat muassasasi.