И+тисодиётга оид атамалар


KOMPANION - biror mulkka birov bilan birgalikda ega bo'lgan kishi yoki tashkilot. KONVERSIYA -



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə16/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Iqt ATAMALAR

KOMPANION - biror mulkka birov bilan birgalikda ega bo'lgan kishi yoki tashkilot.


KONVERSIYA - (lat.conversio-o'zgarish)- harbiy ishlab chiqarish va boshqa xil harbiy faoliyat sohalarining tinchlik maqsadlariga ko'chirilishi.
KONTRAKT - (lat. contractus-bitim, kelishuv) -mamlakatlar, firma, korxona va boshqalar o'rtasida o'zaro huquq va majburiyatlarni belgilash, o'zgartirish yoki to'xtatish to'g'risidagi ikki tomonlama yozma kelishuv, shartnoma.


KONTRAKTASIYA - 1) biror narsani muayyan muddatga olish va ma'lum sharoitda foydalanish uchun tuzilgan shartnoma; 2) tayyorlash tashkilotlari bilan ishlab chiqaruvchilar, dehqonchilik mahsulotlarini tayyorlash yuzasidan har yili tuziladigan shartnoma.


KONTRABANDA - (ital.contrabando)-davlat chegarasidan mollar, qimmatbaho buyumlar va boshqa narsalarni qonunga xilof (yashirincha) olib o'tish.


KONSORSIUM - (lat.consortium-shirkat, uyushma)- korxonalarning vaqtincha tashkil etilgan birlashmalari, ular odatda moliyaviy ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat, banklar, moliyaviy muassasalar, yirik firmalar eshtirok etadi.


KONSERN - (ingl.concern)-ishlab chiqarish diversifikasiyasi asosida tarkib topadigan yirik, ko'p tarmoqli korporasiya. Ular asta-sekin sanoat monopoliyasining yetakchi shakliga aylanadi.


KREDIT - (lat. creditum-qarz)1) kirim-chiqim daftarining chiqimlari; 2) qarzga mol berish, shuningdek, qarzga beriladigan mol, pul; 3) ma'lum xarajatlar uchun chiqariladigan pul, mablag' ; Davlat K.- davlatning zayom obligasiyalari chiqarish yo'li bilan qarz olishi. Bank, sug'urta uyushmalari va aholining barcha tabaqalari kreditor bo'lishlari mumkin. Bank K.- pul ssudasi ko'rinishidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan qarz. Tijorat K.- bir tadbirkorning ikkinchisiga mahsulotning pulini keyin to'lash sharti bilan sotish. Xalqaro K.- davlatlar o'rtasida qarz olish, qarz berish munosabatlari.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin