И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə23/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Iqt ATAMALAR

S




SAVDO AGENTI - bir yoki bir qancha korxonalar tovarlarini shartnoma asosida sotadigan vakil.


SAVDO UYI - savdo korxonasining maxsus turi, ixtisoslashgan yoki sertarmoq bo'ladi. Ixtisoslashgan SU ayrim tovarlar bilan, masalan, ust kiyim, oyoq kiyimi, gazlama va hokazolar bilan universal (sertarmoq) SU har xil tovarlar bilan savdo qiladi.


SALDO - (ital.saldo-hisob.qoldiq)- qoldiq, ma'lum bir muddatda kirim va chiqim orasida vujudga kelgan farq; buxgalteriyada- debet va kredit, umumiy aktiv va passiv o'rtasidagi tafovut, farq; xalqaro savdoda- eksport hamda import o'rtasidagi farq.


SANASIYA - davlat yoki yirik bank yordamida katta korxona va firmalar sinishining oldini olish chora-tadbirlari.


SLIP - birja faoliyatida aksiyaga qo'shib jo'natiladigan hujjat (sertifikat). Ushbu hujjatda aksiyaga tegishli tor doiradagi ba'zi ma'lumotlar (sirkulyasiyaga ruxsat olingan, aksiya konkurent tomonga tegishli emas va boshqalar) keltirilgan bo'ladi.
SERTIFIKAT - (fr.certifikat-tasdiqlayman, guvohlik beraman) - bu guvohlik beruvchi hujjatdir. M : auditor sertifikati- e'lon qilingan firma balansining to'g'riligini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta sertifikati- bu sug'urta shartnomasining shartlari qayd etilgan hujjat. Aksionerlik sertifikati- bu o'z egasining jamiyat (kompaniya) kapitalining bir qismiga
egaligini tasdiqlovchi hujjat. Tashqi iqtisodiy aloqalarda tovar sifati guvohnomasi va h.k.


SOLIQLAR - davlatning korxonalar, tashkilotlar va aholidan undiradigan pul mablag'lari, milliy daromadni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot vazifalariga muvofiq taqsimlash va qayta taqsimlashni ta'minlovchi moliya mexanizmining muhim vositalaridan biri, davlat tomonidan tartibga solinadi.


SOF FOYDA - korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko'rilgan daromaddan mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so'ng korxona ixtiyorida qoldirilgan foyda.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin