И+тисодиётга оид атамалар


PENSIYA - fuqarolar keksalik yoshiga yetganda yoki mehnat qilish qobiliyatini yo'qotgan taqdirda, oladigan pul ta'minoti. PRIVATIZASIYA



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə22/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Iqt ATAMALAR

PENSIYA - fuqarolar keksalik yoshiga yetganda yoki mehnat qilish qobiliyatini yo'qotgan taqdirda, oladigan pul ta'minoti.


PRIVATIZASIYA - q. xususiylashtirish.


PROTEKSIONIZM - milliy iqtisodiyotni boshqa davlatlar bilan bo'ladigan raqobatdan bojxona to'siqlarini joriy qilish, mamlakatga chet el tovarlari, xizmat turlari va kapitallarini kirib kelishini cheklash yo'li bilan himoya qilish va saqlashga yo'naltirilgan.

R


RAQOBAT - 1) basma-baslikka bellashuv 2) biror-bir sohada eng yuqori natijaga erishish borasida olib borilgan kurash., 3) yuqori foyda olish maqsadida mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi kurash; xo'jalik yurituvchi shaxslarning bozorda o'z mahsulotini aynan shunday mahsulotlar sotish shartlariga ta'sir qilish maqsadidagi bellashuvi. Raqobat ikki ko'rinishda: a) tarmoqlararo; b) tarmoq ichida ko'rinishlarda bo'ladi. Tarmoqlararo R.- turli yo'nalishlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning kapitalini eng qulay joylashtirish, ko'p foyda olish uchun olib borgan kurashi. Tarmoq ichidagi R.- bir xil ko'rinishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning bozor uchun, mahsulotni foydali, qulay sotish uchun olib borgan kurashi. Halol R- bozordagi kurashda qabul qilingan qonun-qoida,, hammaga ma'qul usullarga asoslanadi. G'irrom R o'z ichiga quyidagi xarakterli belgilarni oladi: 1) raqib haqida noto'g'ri va noaniq ma'lumotlar tarqatish; 2) mahsulotning sifati, ishlab chiqarilgan joyi xususida iste'molchini aldash, uni adashtirish; 3) raqibning mahsulot belgisidan, nomidan noto'g'ri foydalanish; 4) past sifatli mahsulotlarni reklama qilish; 5) raqib mahsulotining sifati to'g'risida asossiz ma'lumot tarqatish va h.k.
REGIONAL BOZOR - ma'lum hudud doirasida tovarlarni oldi- sotti qilish munosabatlari. R.B. bir mamlakat doirasidagi regionlar o'rtasida yoki bir necha chegaradosh mamlakatlar o'rtasidagi mehnat taqsimotining, binobarin, ishlab chiqarishni ixtisoslashuvining maxsulidir.
REKLAMA - (fr.reclame)-tovar yoki ko'rsatiladigan xizmat to'g'risidagi xolis axborot, ularni ko'proq sotish maqsadida xaridorlarga ularning xossalari, afzalliklari va sotib olish shartlarini yetkazish. R. maxsus firmalar orqali amalga oshiriladi va yuqori daromad manbai hisoblanadi.


RENTABELLIK- (nem.rentabel-foydali, daromadli)-foyda olish darajasi. R. ma'lum davr mobaynida olingan foyda miqdorining shu davrda sarflangan asosiy ishlab chiqarish fondlari va oborot vositalari qiymati yig'indisiga yoki mahsulotning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari- tannarxga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi.


RESTRIKSIYA - ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotning narxlarini oshirish, ko'p foyda olish maqsadida ishlab chiqarishni, oldi- sotdini, eksportni cheklash.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin