И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə8/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Iqt ATAMALAR

GIPERINFLYASIYA - haddan tashqari inflyasiya, narx- navoning shiddat bilan o'sishi, pul qadrining g'oyat tez pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga kelishi bilan ifodalanadi. G. sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo'lmaydi.


D




DAVLAT BUYURTMASI - davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga muayyan mahsulot turini tayyorlash va uni iste'molchilarga yetkazib berish, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va
ilmiy - tadqiqot xarakteridagi ma'lum ishlarni bajarish uchun beriladigan topshiriq.


DAVLAT MULKI - jamiyatdagi mulkchilik shakllaridan biri. Davlat mulki ikki yo'l bilan paydo bo'ladi: 1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib davlat qo'liga olish; 2) davlat mablag'lari hisobidan korxonalar qurish.


DAVLAT TASARRUFIDAN CHIqARISH - bu davlat mulkini mulkchilikning har xil mulk shakllariga aylantirish demakdir.


DAVLAT KORXONALARI - davlat mulki bo'lgan va uning nazorati ostida faoliyat ko'rsatuvchi korxonalar hisoblanadi.


DAVLAT BYUDJETI - davlat tomonidan o'z funksiyalarini amalga oshirish uchun sarflanadigan markazlashtirilgan pul fondidir.


DAVLAT QARZI - davlatning o'z fuqarolari, korxona va tashkilotlar, shuningdek xorij mamlakatlaridan qarzi. Manbaiga qarab ichki va tashqi DQ ga bo'linadi.


DEBITOR - (lat.debitor-qarzdor)- biror idora, tashkilot va shu kabilardan qarzdor bo'lgan shaxs yoki tashkilot.


DEBITORLIK QARZI - korxona, tashkilotlarning jo'natgan tovari uchun olinishi kerak bo'lgan haqi yoki hali olinmagan tovar uchun to'langan pul.


DEVALVASIYA - (lat.de-old qo'shimcha, bu o'rinda pasaymoq ma'nosida va lat. Valeo- qiymat)- mamlakat savdo to'lov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valyuta bozorida milliy valyuta kursining pasayishi bilan bog'liq holda milliy pul birligi qiymatining rasmiy ravishda pasaytirilishi.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin