И+тисодиётга оид атамалар


DIVIDEND - aksioner, aksiya egasining daromadi ; aksionerlik jamiyati foydasining bir qismi. DILER -



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə10/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Iqt ATAMALAR

DIVIDEND - aksioner, aksiya egasining daromadi ; aksionerlik jamiyati foydasining bir qismi.


DILER - (dealer) -o'z hisobiga birja yoki savdo vositachiligi bilan shug'ullanuvchi ishbilarmon.


DOTASIYA - tashkilot, korxonalarga davlat tomonidan beriladigan yordam puli, moddiy yordam, qo'shimcha to'lov. Asosan zararni qoplash va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi.


YE


YER RENTASI - bevosita qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan mahsulot (daromad)ning yer egalari tomonidan o'zlashtiriladigan qismi.
YERNING BAHOSI - yer egasi yerdan olgan daromadini boshqa yo'l bilan topishi uchun zarur bo'lgan pul miqdori. Yerning bahosi rentaning miqdoriga to'g'ri proporsional, ssuda foizi darajasiga teskari proporsionaldir.

J


JAMOA MULKI - boylikni muayyan maqsad yo'lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o'zlashtirilishi.


JAHON BOZORI - xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanuvchi iqtisodiy hamkorlikni xilma-xil shakllari bilan o'zaro bog'langan mamlakatlar o'rtasidagi muntazam oldi- sotdi munosabatlari.


JAHON VALYUTA TIZIMI - jahon bozorining rivojlanishi asosida tarkib topgan va davlatlararo bitimlar bilan mustahkamlangan xalqaro pul-kredit munosabatlari.


JAHON PULI - xalqaro miqyosida hamma uchun qo'llaniladigan umumiy muomila va to'lov vositasi, baynalminal qiymat ifodasi. M: ma'lum mazmundagi oltin yoki xalqaro miqyosda obro'-e'tiborga ega bo'lgan milliy pul birligi.


I


IJARA - (arab)-mustaqil xo'jalik yuritish yoki boshqa biror faoliyatni amalga oshirish maqsadida yer, suv, korxona va boshqa mulkka egalik qilish hamda vaqtincha foydalanish uchun to'lanadigan muayyan haq. I. mulkka egalik huquqini o'zgartirmaydi.


IJARA SHARTNOMASI - ijarachi bilan ijaraga oluvchi o'rtasida tomonlarning teng huquqliligi asosida tuzilgan kelishuv, shartnoma. ISH quyidagilarni ko'zda tutadi; 1) ijaraga olinayotgan mulk tizimi va qiymatini; 2) ijara to'lovi miqdorini; 3) ijara muddatini; 4) ijaraga berilgan mulkni ta'mirlash va to'la tiklash bo'yicha tomonlar majburiyatini; 5) mulkni shartnomada kelishilgan holda ijarachiga yetkazishni.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin