ISTE'MOL BOZORI - aholi iste'moli uchun zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlarning ayirboshlanishi.
ISTE'MOL SAVATI - muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilikni ta'minlash uchun yetarli bo'lgan miqdori.
ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLAR - ishchi kuchi yoki boshqacha aytganda, ma'lum malakaga, tajribaga ega bo'lgan kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topgan.
ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI - hayotiy
ne'matlarning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida kishilar o'rtasida paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI - jamiyat ixtiyoridagi barcha resurslardan foydalanib, jamiyat a'zolari uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarni yaratish.
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishda qilinadigan barcha sarflardan iborat.
ISH HAQI - ishchi va xizmatchilarning mehnati miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan olinadigan ulushini puldagi ifodasidir.
resurslarining ancha qo'lay sharoitda ish bilan ta'minlanishi maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib o'tishini bildiradi.
ISHSIZLIK - aholi mehnatga yaroqli qismining o'ziga ish topa olmay qolishi, mehnat zahira armiyasiga aylanishi.
IPOTEKA - (yunon.hypotheke-garov)- qarz, kredit olish uchun biror-bir muayyan ko'chmas mulkni (yer, imorat va hokazo) garovga qo'yish.
IQTISODIYOT - cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog'liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligidir.
IQTISODIYOT NAZARIYASI - kishilik jamiyati ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni va ularga xos bo'lgan qonunlarni o'rganadigan fan.