IQTISODIY SIYOSAT - hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish sohasidagi davlatning aniq maqsadga yo'naltirilgan tadbirlari tizimidan iborat.
IQTISODIY KATEGORIYALAR - jamiyat iqtisodiy hayotining asosiy va eng umumiy tomonlarini aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalardir.
IQTISODIY QONUNLAR - iqtisodiy jarayonlar o'rtasidagi doimiy takrorlanib turadigan, barqaror aniq sabab-oqibat aloqalarini, ularning bog'liqligini ifodalovchi voqea- hodisalar.
IQTISODIY RESURSLAR- tabiiy, insoniy, moddiy, moliyaviy va intellektual resurslardan iborat.
IQTISODIY SAMARADORLIK - cheklangan resurslardan unumli foydalanib, tovar va xizmatlarga bo'lgan jamiyatning cheksiz talabini maksimal qondirishdir.
IQTISODIY O'SISH -yalpi milliy mahsulot (sof milliy mahsulot, milliy daromad) yillik miqdorini mutloq o'sishidir.
IQTISODIYOTNI TARTIBLASH - bu davlatning undagi turli bo'g'inlar, soha va tarmoqlar faoliyatining bir-biriga bog'lanishi va mos holda rivojlanib borishi masalasida amalga oshiradigan ma'muriy va iqtisodiy chora-tadbirlari majmuidan iborat.
IQTISODIY MANFAATLAR- bu kishilarni harakatga keltiruvchi, ularni hatti-harakatini, intilishini, xulq- atvorini belgilovchi kuch. Shaxs, jamoa, davlat va milliy manfaatlardan iborat.
ICHKI MILLIY MAHSULOT - bir yil davomida mamlakatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati.
K
KADASTR - 1) jon boshidan olinadigan soliq to'lovchilar ro'yxati; 2) vaqti-vaqtida yoki uzluksiz kuzatish natijasida tegishli ob'yekt xususida struktura, tuzilma ma'lumotlar to'plami; masalan, suv kadastri-daryolar, ularda o'tkazilgan tekshirishlar haqidagi ma'lumotlar to'plami; 3) ko'chmas mulkni baholash, uni ro'yxatini yuritish bilan shug'ullanuvchi davlat tashkiloti.