YARMARKA - savdo, sanoat, tijorat va boshqa tashkilotlarning vaqti-vaqti bilan ulgurji savdo-sotiq qilish maqsadida o'tkaziladigan tadbiri. Yarmarka savdo-sotiq, mahsulot namunalarini ko'rgazma qilish orqali amalga oshiriladi.
YALPI MILLIY MAHSULOT - (YAMM) ma'lum muddat
(odatda bir yil) ichida mamlakatda ishlab chiqarilgan va bevosita iste'molchilarga tushadigan pirovard mahsulotlar va ko'rsatilgan xizmatlarning bozor baholaridagi summasidan iborat. Eng muhim va sintetik iqtisodiy ko'rsatkichlardan iborat bo'lib, o'z tarkibiga mehnat vositalari sarflarini qoplash fondini (ya'ni renovasiyaga ishlatiladigan amortizasiya miqdorini) va milliy daromadni oladi. YAMM muayyan narxlarda ifodalanadi, unga narx tarkibiga kiruvchi bilvosita soliqlar va nomoddiy tarmoq ko'rsatgan xizmatning qiymati ham kiradi.
O'
O'ZGARUVCHAN TALAB- erkin bozorda mahsulot narxini ma'lum bir foizga o'zgarishi, talabning necha foizga o'zarishini belgilovchi ko'rsatkich. U baholarning o'zgarishi va ularning darajasi bo'yicha qaror qabul qilish jarayonida keng qo'llaniladi.
Q
QIMMATBAHO (QIMMATLI) QOG'OZLAR - egalariga
daromad keltiradigan hamda turli aktivlarga (sertifikat, aksiya, obligasiya va boshqa) bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat. K.K. aniq, real kapitalni qog'ozda ifodalaydi. K.K. larning quyidagi turlari mavjud: veksel, chek, aksiya, obligasiya, sertifikat, turli muassasa, tashkilot va idoralarning (bank, xayriya va ishonch fondlari) qonunda ko'zda tutilgan hollarda mablag' bilan ta'minlaydigan ishonch qog'ozlari.
QONUN - 1) ob'yektiv borliqda turli hodisalar o'rtasida,, kishi ongidan va ixtiyoridan tashqarida doimiy bo'lgan zaruriy ichki, muhim, takrorlanadigan bog'lanish, munosabat; 2) davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy bo'lgan ijtimoiy-huquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida; 3) bajarilishi shart, majburiy bo'lgan, norma, qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar.