И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə26/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Iqt ATAMALAR

TOVARLASHGAN XIZMAT - tovar sifatida oldi-sotti qilinuvchi xizmatlar, ya'ni pulli xizmatlardir.


TURMUSH DARAJASI - odatda aholi iste'mol qiladigan hayotiy ne'matlarning miqdori va sifatiga asoslanadi. Bu moddiy ne'matlar tarkibi juda ham xilma-xil. TD ko'rsatkichlari yaxlit tizimi shaklangan bo'lib, unga tug'ilish, o'lish va boshqa demografik ko'rsatkichlar, hayotning sanitariya-gigiyena shart-sharoitlari, oziq-ovqat tovarlarini iste'mol qilish darajasi, sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, ish bilan bandlik, mehnat sharoiti, aholining daromadlari va xarajatlari, narx- navo darajasi, transport vositalari, dam olishni tashkil etilishi, ijtimoiy ta'minlanganligi, inson erkinligi kabi ko'rsatkich bilan belgilanadi.


U


ULGURJI BAHO - korxonalar yoki mol yetkazib beruvchilarning katta miqdordagi o'z mahsulotini boshqa korxona yoki tashkilotga ko'tarasiga sotadigan baholari.


USTAMA - 1) pul hisobida maosh ustiga qo'shib beriladigan qo'shimcha; 2) qo'shimcha ravishda, takroran, yana; 3) mahsulotning ishlab chiqarilishi bilan bog'liq bo'lmagan, faqat uni tarqatish bilan
bog'liq bo'lgan, qo'shimcha ravishda sarflanadigan (mehnat, xarajat va shu kabilar).


USLUBIYAT - iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning tamoyillari, qonun-qoidalari, hodisalari tizimidir.


UKLAD- iqtisodiy faoliyat yuritishning muayyan shakli bo'lib, mulkchilikning biror bir shakliga asoslanadi, o'ziga xos iqtisodiy munosabatlar, qonun-qoidalar amal qiladigan xo'jalik tipidir. M: mayda tovar xo'jaligi.


UChYOT - hisoblashish, ruyxatga olish yo'li bilan narsalarning borligini aniqlash ; hisob-kitob.


F


FERMER XO'JALIGI - mustaqil xo'jalik yuritish sub'yekti. Alohida shaxs, oila yoki bir guruh fuqarolar tomonidan yerdan foydalanib, qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotishga asoslanadi. F.X. erkin tadbirkorlikning bir ko'rinishi bo'lib, daromad olish maqsadida tuziladi.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin