И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə29/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Iqt ATAMALAR

CH


CHAKANA BAHO - davlat va kooperativ savdosi, dehqon bozorida iste'mol mollarini sotilish narxlari.


CHAKANA SAVDO - savdo-sotiq tarmoqlari orqali aholiga iste'mol mollarini sotish.


CHEK - belgilangan ko'rinishdagi pul hujjati, 1) bankdagi o'z hisobidan muayyan pul miqdorini CH.da ko'rsatilgan shaxsga berish yoki uning hisobiga pul o'tkazish bo'yicha yozma topshiriq. Chek ikki ko'rinishda bo'ladi: a) oluvchining nomi yozilgan chek; b) ko'rsatuvchiga berilgan chek.


CHEKLANGAN MAS'ULIYAT - ma'lum chegara doirasida cheklangan mas'uliyat. qarz majburiyati yoki o'ziga biror bir hujjatga imzo chekilayotganda mas'uliyatni muayyan doiralarda cheklovchi shartni, punktni kiritish.


E


EKSPORT - tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalni mamlakat tashqarisiga chiqarish.


ELEKTRON PUL - hisob-kitoblarni elektron hisoblash mashinalari yordamida amalga oshirish uchun qo'llaniladigan elektron kartochka, uning xotirasiga pul egasining joriy hisobidagi pul summasi yozilgan bo'ladi.


EMBARGO - chet el tovarlarini kiritish yoki chiqarish, olib chiqib ketishni davlat tomonidan ta'qiqlash yoki chet davlatga qarashli mulkni vaqtincha to'xtatib turish, ta'qiqlash.


EMISSIYA - muomalaga bank biletlari, pul va qimmatbaho qog'ozlarni chiqarish, davlatning emissiya banklari tomonidan amalga oshiriladi. E. asosan davlat byudjetidagi kamomadni to'ldirish, izdan chiqqan pul muomalasini tiklash maqsadida o'tkaziladi.
ERKIN NARXLAR - talab bilan taklif nisbatiga bog'liq bo'lgan narxlar.


ERKIN IqTISODIY HUDUDLAR - qo'shma tadbirkorlik hududlari, xorij kapitalini erkin amal qilishi uchun ajratilgan maxsus hudud, iqtisodiy o'sishni ta'minlash, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish maqsadida tashkil etiladi.


EKOLOGIK MUAMMOLAR - insoniyat hatti-harakatlari va xo'jalik faoliyati natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin