FERMER - qishloq xo'jalik korxonasining egasi. Mustaqil ish yurituvchi -tadbirkor.
FIRMA - inglizcha (firm , firm’s Ftrade name) so'zlaridan olingan bo'lib, tijorat maqsadlarini ko'zlovchi korxona, kompaniya va boshqa xo'jalik tashkiloti degan ma'noni anglatadi.
FOYDA - 1) biror kimsa yoki narsa uchun bo'ladigan naf, manfaat;
2) daromadning xarajatga nisbatan farqidan tashkil topgan summa, mablag' , daromad; 3) qarzga berilgan puldan foydalanilganligi uchun qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo'shimcha pul, haq.
FOND - davlat, korxona, firmalarning biror-bir maqsad uchun mo'ljallangan pul vositalari yoki moddiy boyligi, mablag'lari.
FOND BIRJASI - qimmatbaho qog'ozlar bilan savdo-sotiq qilish maqsadida tuzilgan, doimo faoliyat ko'rsatib turuvchi birja. F.B. ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat : vaqtincha bo'sh mablag'larga qimmatbaho qog'ozlar sotib olib, ularni muomalaga kiritish, qimmatbaho qog'ozlarning bozor narxini aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar o'rtasidagi kapitalning aylanishini ta'minlash va boshqalar.
FRANCHAYZA - foydalanish uchun tayyor korxona, firma yoki mashhur firma mahsulotining savdo markasidan foydalanilgan holda amalga oshiriluvchi biznes yuritish usuli.
FYUCHERS OPERASIYALARI- birjalarda amalga oshiriladigan savdo-sotiq operasiyalari. Bu operasiyalar shartnoma tuzilganidan so'ng ishlab chiqariladigan yoki yetishtirib beriladigan mahsulotlar bo'yicha amalga oshiriladi. Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan so'ng buyurtmachi bajaruvchiga avans tariqasida ma'lum summani o'tkazib beradi.
X
XALQARO VALYUTA FONDI -xalqaro moliya valyuta tashkiloti. Uni tuzishdan maqsad xalqaro savdoni rivojlantirish, valyuta kursini, me'yorlarini, nisbatlarini belgilash, ko'p tomonli to'lovlar tizimiga rioya qilinishini nazorat qilish hamda fond a'zolariga valyuta yetishmovchiligi holatlarida kredit, qarz berishdir.