И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə25/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Iqt ATAMALAR

TAKLIF QONUNI - narx bilan sotishga chiqarilayotgan tovarlar o'rtasidagi bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikdir.


TAKLIF EGILUVCHANLIGI - narx o'zgarishiga nisbatan taklifning ortib borishi.


TARIF SETKASI - ish toifalari nisbatiga qarab ish haqi to'lash.


TARIF STAVKASI - tegishli ish toifasiga ega bo'lgan ishchining mehnatiga to'lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.


TENDER - biror bir ishni amalga oshirish uchun e'lon qilingan tanlov. Xaridor yoki buyurtmachi eng avvalo tanlov e'lon qilib, tanlov shartlari bilan tanishtiradi. Tanlovda ishtirok etish niyatini bildirgan firmalar, korxona va tashkilotlar o'z takliflarini - tenderlarni buyurtmachiga ko'rib chiqish uchun yuborishadi.
TOVAR XO'JALIGI - (bozor) bu tovar ishlab chiqarishga asoslangan va bozor orqali ishlab chiqarish bilan iste'mol o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta'minlovchi, iqtisodiyotni tashkil qilishning ijtimoiy shaklidir.


TOVAR - bozordagi oldi-sotti orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli. T. o'zini ishlab chiqaruvchilarining emas, balki bozorda sotish orqali boshqalarning talab-ehtiyojini qondirish uchun yaratiladi. T. iste'mol qiymati- bu uning kishilarning biron-bir ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir, almashuv qiymati esa uning boshqa bir tovarga almashina olish xususiyati, qiymat xususiyatidir.


TOVAR BELGISI - muayyan firma tovarlariga qo'yiladigan belgi. TB (savdo markasi) faqat ma'lum firmaga tegishli bo'ladi va uni boshqa firmalar o'z tovarlariga qo'yaolmaydilar.


TOVAR BIRJASI - bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo-sotiqni amalga oshiruvchi tijorat korxonasi, bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining ajralmas qismi bo'lib, korxona va tashkilotlar o'rtasidagi oldi-sotti aloqalarini olib boradi. TB ikki guruhga bo'linadi :1) ochiq birja, bunda uning a'zolari bilan bir qatorda boshqa tadbirkorlar ham savdo qila oladi ; 2) yopiq birja, bunda faqat birja a'zolarigina bitimlar tuzish huquqiga ega bo'ladilar.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin