И+тисодиётга оид атамалар


XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI -



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə28/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Iqt ATAMALAR

XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlar ma'lum turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir.


XOLDING - (ingl.holding- ega)-o'zga firma, korxonaning nazorat paketini o'zida ushlab turuvchi bosh kompaniya. X. qo'l ostidagi kompaniyalarni rivojlantirib, daromadni ko'paytirish bilan birgalikda o'zi ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi. Huquqiy nuqtai nazardan aksionerlik jamiyati, mas'uliyati cheklangan jamiyat yoki xususiy korxona sifatida harakat qiladi.
XUSUSIY - 1) biror shaxsning yolg'iz o'ziga qarashli, tegishli bo'lgan mulki, shaxsiy; 2) ayrim shaxslar tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladigan; 3) muayyan bir narsa yoki mavzuga bag'ishlangan.


XUSUSIYLASHTIRISH - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo'lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob'yektlarini yoki davlat aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishdir.


XUSUSIY MULK - biror shaxs, oila, korxona, firma, tashkilot mulki- yer, uy-joy, bino, inshootlar va ishlab chiqarish vositalari, pul, qimmatbaho qog'ozlar. XM ishlab chiqarish yoki o'z qobiliyatini ishga solishdagi tadbirkorlik, o'z xo'jaligini yuritish, daromadni turli qimmatbaho qog'ozlarga joylashtirish natijasida, merosga qolgan mulk va boshqa qonun yo'l qo'yadigan sohalar asosida yuzaga keladi va ko'payib boradi.


XUSUSIY TADBIRKORLIK - xususiy tashabbus orqali o'z mablag'larini ishga tushirish asosida tashkil etiladigan tadbirkorlik.
XUSUSIY FIRMALAR - ayrim shaxslarga va ayrim oilalarga qarashli bo'lib, yakka xususiy mulk hisoblanadi.

S


SIKL - iqtisodiy faoliyatning birin-ketin qayta-qayta takrorlanishi. Odatda, to'rtta bosqichda: krizis (inqiroz), depressiya (bir joyda depsinish), jonlanish va yuksalishdan iborat. Amaliy hayotda ko'proq ikki bosqich: bum (cho'qqi, zudlik bilan yuqori bosqichga ko'tarilish) va repressiya, ya'ni ishbilarmonlik faoliyatining susayishi, orqaga ketishi bilan xarakterlanadi. S. Mexnizmi investisiya hajmi bilan bog'liqdir.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin