KREDIT KARTOCHKALARI - kichik o'lchamdagi plastik yoki metall kartochka ko'rinishidagi hujjat bo'lib, bankdagi hisob sohibining shaxsini tasdiqlaydi va unga naqd pullar yordamisiz tovar va xizmatlarga haq to'lash huquqini beradi.
KREDITOR - qarzga mablag' beruvchi tomon.
KRIZIS - (yunon. krisis-hal etish, oqibat)- q. Inqiroz.
KO'P UKLADLI IqTISOD - turli mulk shakllari va har xil xo'jalik turlarining yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyot.
L
LIZING - asosiy fondlarni uzoq muddatga ijaraga olish. Yangiliklarni, ishlab chiqarish va sotishni moliya bilan ta'minlash usuli.
sanoat korxonalariga bir yo'la katta miqdorda pul sarf qilmasdan kerakli mahsulotlarni olish imkonini beradi. L. ikki ko'rinishda : moliyaviy va tezkor bo'ladi. Moliyaviy L. ijaraga olingan fondning to'la qiymatini va ijarachi foydasini qoplashni ko'zda tutadi. Tezkor L.- amortizasiya davridan qisqa muddatga tuzilgan kelishuv.
LIMIT - xo'jalik faoliyati turli jihatlari miqdorining cheklanishi, faoliyat doirasi, chegarasining belgilanishi. L. davlat yoki yirik birlashma tomonidan o'z korxonasi uchun o'rnatiladi.
LISENZION SAVDO -xalqaro savdoda intellektual mulkni, texnologiyani, ixtiro va patentlarni oldi-sotdi qilishning asosiy ko'rinishi.
LISENZIYA - (lat.licentia-erkinlik, huquq)- ruxsatnoma; 1) chet mamlakatlardan mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma; 2) biror narsadan yengil shartlar bilan yoki bepul foydalanish huquqi; 3) chegaradan mol chiqarish yoki mol kiritishda boj to'lovlarini kamaytirish. Patentlangan L.- ro'yxatga olinib, guvohnoma berilgan kashfiyotdan foydalanish huquqini boshqalarga berish.
M
MAKROIQTISODIYOT -bu mamlakat miqyosida moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo'jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.