И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə20/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Iqt ATAMALAR

MOLIYAVIY LIZING - ijaraga olingan asosiy fondlarning (mashina, qurilma, asboblar) to'la qiymatini hamda ijaraga beruvchining foydasini to'lash haqidagi kelishuv.


MONOPOLIYA - 1) yakkahokimlik; 2) ishlab chiqarishni markazlashtirish oqibatida yuzaga keladigan katta birlashma (kartel, sindikat, trest, konsern, konsorsium konglometrat va shu kabilar). Ushbu birlashma o'z ichiga ishlab chiqarishni, xizmat ko'rsatishni, mahsulot sotishning ko'p qismini mujassamlashtiradi, shu sohada o'zini hukmron mavqeini o'rnatadi.


MONOPOLIYADAN CHIQARISH - davlat tomonidan tarmoq bozorida raqobat munosabatlarini rivojlantirishga ko'maklashuvchi tartib- qoidalarini joriy etilishi.


MULK - turli-tuman ob'yektlarning muayyan sub'yektga taalluqli ekanligini anglatadi.


MULKCHILIK - kishilar o'rtasida ishlab chiqarish vositalari va mehnat natijalarini o'zlashtirish bo'yicha paydo bo'lgan va tarixan aniq bir shaklda namoyon bo'luvchi iqtisodiy munosabatlar. M.- ning asosiy bo'g'ini ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan mulkchilik. U uchta iqtisodiy unsur ya'ni egalik qilish, foydalanish (ishlatish) va tasarruf etishni mujassamlashtiradi.

    • Egalik qilish - mulkka rasmiy va huquqiy egalik qilishdir.

    • Foydalanish (ishlatish) - mulk bo'lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo'llab, xo'jalik jarayoniga kiritib, undan natija olish.

    • Tasarruf etish- mulk bo'lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish.



MULKCHILIK SHAKLLARI - bu davlat, jamoa, xususiy va aralash mulklardir.

N




NARX - baho - tovar qiymatining pulda aks etishi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat xo'jalik mexanizmida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. N. faqat tannarxga emas, balki talab va taklif, shuningdek tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o'rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bog'liq.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin