И+тисодиётга оид атамалар



Yüklə 167,45 Kb.
səhifə19/30
tarix26.10.2023
ölçüsü167,45 Kb.
#161351
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Iqt ATAMALAR

MIKROIQTISODIYOT - korxona, firmalar, ya'ni iqtisodiyotni birlamchi, boshlang'ich bo'g'ini haqidagi iqtisodiyotdir. U cheklanganlik, tanlash va muqobil qiymat singari tushunchalar bilan, shuningdek ishlab chiqarish va iste'mollar bilan shug'ullanadi.


MILLIY IQTISODIYOT - bu barcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari va sohalarini, funksional iqtisodiyotni, ko'plab infratuzilmalarni o'z ichiga qamrab olgan yaxlit iqtisodiyotdir.


MILLIY BOYLIK - insoniyat jamiyati taraqqiyoti tomonidan yaratilgan hamda avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy va ma'naviy boyliklar, tabiiy resurslardan iborat.


MILLIY BOZOR - muayyan mamlakatning milliy chegarasi doirasidagi oldi-sotdi munosabatlari. MB har qanday bozor kabi turli moddiy, ma'naviy va intellektual tovarlarni ayirboshlash ob'yektiga aylanadi, hamda unda shu mamlakat tovarlari bilan birgalikda import qilingan tovarlar ham qatnashadi.
MILLIY VALYUTA - muayyan mamlakatning pul birligi.


MILLIY DAROMAD - muayyan mamlakatda bir yilda moddiy ishlab chiqarish sohalari tomonidan yangitdan hosil qilingan qiymat yoki boshqacha qilib aytganda, yalpi ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlanganidan so'ng qolgan qismi. MD moddiy ne'matlar ishlab chiqariladigan sharoitlarda jonli mehnat vositasida yaratilib, ham qiymat- pul, ham moddiy- buyum shakliga ega bo'ladi.


MILLIY HISOBLAR TIZIMI - yalpi milliy mahsulot, ichki milliy mahsulot va milliy daromadni ishlab chiqarish, taqsimlash, foydalanishni qiymat shaklida ifodalaydigan o'zaro bog'liq hisoblash tizimidir.


MOLIYA - pul fondlarining shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanishini tartibga solish bilan vujudga keladigan munosabatlardir.


MOLIYA TIZIMI - turli darajadagi moliyaviy muassasalar bo'lib, moliyaviy munosabatlarga xizmat qiladi.



Yüklə 167,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin