DEMONOPOLIZASIYA - (lat. De-ajr atish, bekor qilish-old qo'shimchasi, yunon. mono- tanho va poleo-sotaman)-sog'lom iqtisodiy bellashuvga yo'l berish maqsadida yakka hokim korxonalar va birlashmalar o'rniga o'zaro raqobatlashuvchi ko'plab korxonalarni tuzish.
D. ikki yo'l bilan amalga oshiriladi : 1) yirik monopol mavqedagi birlashmalar, kompaniyalar tarqatilib, ulardan mustaqil korxonalar ajralib chiqadi ; 2) yakka hokim korxona, birlashma yoki kompaniyalar saqlangan holda ular bilan raqobat qila oladigan korxona yoki birlashmalar tashkil etiladi.
DEKLARASIYA- 1) hukumat, tashkilot, firma nomidan rasmiy e'lon qilingan bayonot; asosiy prinsiplarni tantanali e'lon qilish; 2)
bojxonada D.- qimmatbaho buyumlarni, mahsulotlarni chegaradan olib chiqishda va qimmatbaho paketlarga, banderolga qo'shib jo'natiladigan hujjat. Ushbu hujjatda paket mazmuni, qiymati ko'rsatiladi: 4) soliq D.- daromadning miqdori, manbai, mulk hajmi va boshqalar xususida soliq to'lash uchun yozilgan ariza.
DEMPING- (ing.dumping-tashlash)-bozorni egallash va undan raqobatchilarni siqib chiqarish maqsadida mahsulotlarni sotuv narxiga nisbatan arzonga sotish.
DEPOZIT - 1) bank va tashkilotlarga joylashtirilgan pul va qimmatbaho qog'ozlar (aksiya, obligasiyalar); 2) qarzdorning qarz bergan tashkilotga sud mahkamasi orqali o'tkazgan pul yoki qimmatbaho qog'ozlar miqdori.
DEFLYASIYA - (lat. deflatio-nuflamok)-inflyasiya davrida chiqarilgan muomaladagi qog'oz pul miqdorini kamaytirish. Davlat tomonidan moliya va pul-kredit tadbirlarini qo'llash orqali amalga oshiriladi.
DEHQON XO'JALIGI -oilaviy mulkka asoslanuvchi, oila a'zolari yoki qarindoshlarning birgalikda mehnati bilan yer uchastkalarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan tovar xo'jaligidir.