haqi iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va bandlikka ham bo`gliqdir. Masalan, Jahon banki
mutaxassislari tomonidan mutloq qashshoqlik darajsini aniqlashda aholini bir kunda 2,15 dollar
daromad oladigan qisminigina hisobga olishadi.
Quo`ida rivojlangan mamlakatlar qatori markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy sohani
islohotlar olib borilmoqda, ijtimoiy
maqsadlarga daromadlarni taqsimlash munosabatlari o`zgarmoqda. Asosan pensiya tizimida
sezilarli o`zgarishlar va pensiya islohotlari olib borilmoqda. Pensiya yoshi oshmoqda, davlat
pensiya fondi bilan birga nodavlat pensiya fondlari shakllanmoqda. Jam`garib boriladigan pensiya
fondi tizimi joriy etilmoqda.
Shunday bo`lsada,
pensionerlar soni oshmoqda, pensiya uchun resurslarni oshirish talab
etilmoqda, pensiya yoshi uzaymoqda. Masalan Angliya va boshqa qator mamlakatlarda 65
yoshdan pensiyaga chiqish haqida taklifi qo`yilmoqda. Eng ko`p jon boshiga ijtimoiy maqsadlarda
qilingan xarajatlar Skandinaviya mamlakatlariga xosdir. Bu mamlakatlarda pensiya fondini
shakllantirishni davlat o`z zimmasiga olgan. Germaniyada biroz boshqacha yondashuv mavjud.
Pensiya fondini yaratishni aholining o`zi qabul qilgan, ya`ni uning o`zi ushbu fondga badalini olib
borib berishi lozim. Ijtimoiy su`gurta fondini shakllantirishda xususiylashtirishlar olib borilmoqda,
shu qatori Lotin Amerikada ham. Bunda tadbirkorlar ijtimoiy su`gurta
fondi badallaridan ozod
etiladi. Bu fondning resurslari ishchilarning badallari hisobiga va vaqti-vaqti bilan beriladigan
davlat resurslari hisobiga shakllanadi.
Qator mamlakatlarda mutloq qashshoqlik ko`rsatgichi o`rnida xayot kechirish minimumi
ko`rsatgichi qabul qilingan. Turli mamlakatlarda bu ko`rsatgich turlichadir. Qashshoqlik jihatini
o`rtacha ish haqiga nisbatan foiz ko`rinishda aniqlash mezoni keng tarqalgan. Masalan,
Bolgariyada hayot kechirish minimumi o`rtacha ish haqining 53-65% ga teng, Chexiyada 55-56%
ga, Polshada 36% ga teng. Keltirilgan ko`rsatgichdan kam daromadga ega bo`lganlar qashshoqlar
toifasiga kiritiladi.
O`zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo`nalish hisoblanadi
va u bosqichma-bosqich
amalga oshiriladi. Xalq ta`limi va so`gliqni saqlash uchun resurslarning shakllanishida
o`zgarishlar bo`lib, davlat oliy va o`rta bilim yurtlarida shartnoma asosida ta`lim berish va o`quv
yurtining yangi shakllari yuzaga keldi. So`gliqni saqlashda pulli va bepul xizmatlar ko`rsatish
ko`rinishlari yuzaga keldi. Ijtimoiy su`gurtada ko`p bolali oilalarga maxalla yi`ginlari tomonidan
yordam ko`rsatishning roli oshdi.
Dostları ilə paylaş: