Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

5.2. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning metodologik 
asoslari. 
 
O`zbekiston Respublikasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy darajasi va iqtisodiy-tabiiy 
salohiyatidagi farqlar ularni istiqbolda hududiy va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirishni taqozo 
etadi. 
Hududni iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish strategiyasini asoslashning quyidagi 
yo`nalishlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir: 
- hudud rivojlanishini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy 
jarayonlarni tahlil qilish; bu bosqichda hududning erishgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish 
darajasi tahlil qilinadi
- hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasini asoslash; rivojlanishni prognoz 
qilish; strategiya asoslanib, hudud rivojlanishini tartibga solish metodlari tanlanadi; 
- kontseptsiya ishlab chiqish va hudud rivojlanishini davlat va bozor mexanizmlari orqali 
tartiblash metodlarini tanlash; 
- hududning moliyaviy resurslari o`sishini prognoz qilish; byudjet daromad qismini 
kengaytirish va mustahkamlash yo`llarini izlash; byudjet daromad qismini to`ldirishning yangi 
manbalarini aniqlash, turli mulkchilik shakllariga asoslangan tadbirkorlikdan, xorijiy 
investorlardan va nobyudjet jam`garmalaridan qo`shimcha mabla`glarni jalb etish
1

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tuzishda ma`lum tamoyillarga 
asoslanish kerak bo`ladi. Bu tamoyillar mintaqaviy iqtisodiy fan nuqtai nazaridan quyidagilardan 
iborat bo`lishi mumkin: 
- hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-
tadbirlarining maqsadliligi; 
- hududni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha resurslarni to`plash va 
yo`naltirish; 
- belgilangan harakatni nazorat qilish va tartiblash imkoniyatlarining ochiqligi; 
- hudud rivojlanishini qo`llab-quvvatlashning individualligi; 
- qo`llab-quvvatlash mexanizmining ta`sirchanligi; 
- respublika va mahalliy hokimiyat organlarining hamkorligi hamda ular faoliyatining 
uy`gunligi. 
Hududiy dasturlarni ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hududiy rivojlanishni davlat 
tomonidan tartibga solishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. 
Hududiy dasturlarni bajarishga to`sqinlik qiladigan holatlar va omillarni aniqlash muhim 
ahamiyatga egadir. 
Hududlarni rivojlantirish bo`yicha qabul qilinadigan dasturlarning bajarilishiga ko`pgina 
hollarda quyidagi omillar to`sqinlik qilishi mumkin: 
- respublika va hududiy maqsadli dasturlarni tanlashning sinalgan tizimlarining mavjud 
emasligi, ularni amalga oshirish ketma-ketligining yetarli darajada asoslanmaganligi; 
- respublika tarmoq dasturlari hududiy jihatlarining yetarli darajada ishlanmaganligi
- tarmoq dasturlari hududiy jihatlari monitoringining yo`qligi; 
- respublika va hududiy dasturlarni amalga oshirish mexanizmining mustahkam emasligi; 
Respublika va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda maqsadli-dasturlash uslubidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu uslub pirovard natijaga erishish uchun iqtisodiy resurslarni 
yo`naltirishni ta`minlashni ifodalaydi. Uning yordamida eng muhim iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-
texnikaviy rivojlanish muammolari hal etiladi. Bu muammolar amalda tarmoqlararo yoki 
hududlararo tavsifga ega bo`lib, xalq xo`jaligi ahamiyatiga ega bo`ladi. 
Maqsadli dasturlar o`rta va uzoq muddatga mo`ljallab korxona, mamlakat va xalqaro 
1
Қаранг: Регулирование территориального развития в условиях рыночной экономики / Под ред. 
Б.М.Штульберга. -М., 1993-С 73; Содыков А.М. Основы регионального развития: теория, методология
практика– Т.: IQTISOD-MOLIYA; 2005. – С 165. 


miqyosda tuziladi. Dasturlar o`z ichiga pirovard va oraliq maqsadlarni, vazifalarni, ularni amalga 
oshirish chora-tadbirlarni, resurslar ta`minotini olishi kerak. 
Dastur maqsadi o`lchamga ega bo`lishi, chora-tadbirlar tizimi esa pirovard va oraliq 
maqsadlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi lozim. 
Maqsadli hududiy dasturlar hududiy rivojlanishni tartibga solishning samarali metodi 
sifatida davlat, mahalliy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarni uy`gunlashtirishi hamda jamiyatning 
barcha aholi tabaqalarini davlatning hududiy siyosatini amalga oshirishga da`vat etadigan
yo`naltiradigan bo`lishi kerak. Shuningdek, hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari 
mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy me`yoriy xujjatlar asosida ishlab chiqilishi lozim. 
Hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan 
ko`zlangan asosiy maqsad hududiy iqtisodiyotni uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali 
foydalanish va tashqi manbalarni jalb etish yo`li bilan mutanosib va oqilona rivojlantirishdan 
iboratdir. 
Ushbulardan kelib chiqib, hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qo`yidagi vazifalarni 
bajarishga alohida e`tibor qaratish lozim bo`ladi; 
- hudud ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini umumiy baholash va iqtisodiy rivojlanishning asosiy 
tendentsiyalari, iqtisodiy o`sish muammolarini va rezervlarini aniqlash
- hududning mahalliy mineral-xom ashyo, yer-suv va mehnat resurslaridan foydalanishning 
miqdor va sifat darajalarini tahlil qilish; 
- hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, istiqbolli 
tarmoqlar 
va 
hududning 
ixtisoslashish 
sohasini, 
iqtisodiyotning 
bazaviy 
tarmoqlari 
rivojlanishining ustuvor yo`nalishlarini aniqlash; 
- maxalliy qishloq xo`jaligi va mineral xom ashyolardan samarali foydalanishga asoslangan, 
yangi eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishlarni shakllantirishning aniq yo`llarini belgilash, 
jahon darajasidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha kam chiqindili va chiqindisiz 
texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni vujudga keltirish; 
- hududda qulay, jozibador investitsion muhitni yaratish, xorijiy investorlar, mahalliy 
korxonalar, tadbirkorlar, aholi mabla`glari va resurslarini kengroq jalb etish; 
- aholini ijtimoiy himoyalash va mehnat resurslarining oqilona bandligini ta`minlash 
mexanizmini ishlab chiqish; 
- xo`jalik sub`ektlari o`rtasida raqobat sharoiti va to`laqonli bozor infratuzilmasini vujudga 
keltirish; 
- hududni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ommaviy iste`mol mollari bilan o`zini-o`zi 
ta`minlashini oshirish; 
- qishloq aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni jadallashtirish uchun 
qulay sharoitni shakllantirish. Buning uchun hududga mahalliy soliqlar bo`yicha imtiyozlar berish 
maqsadga muvofiqdir. 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, 
ra`gbatlantirish orqali uning hudud yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirish; 
- hududning tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish, eksport va import tarkibini 
oqilonalashtirish, hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini yanada 
yaxshilash va yangi qo`shma korxonalarni tashkil etish. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin