Itolmasov e. R


Taktik tayyorgarlik vazifalari



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə18/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Futbol Maqola

Taktik tayyorgarlik vazifalari


Taktik tayyorgarlik vazifalari quyidagicha ham aniqlanishi mumkin:

  1. O’yinga ta’sir etuvchi bir nechta omillar va vaziyatlar taktik rejaga kiritilishi lozim, ya’ni jamoa uchun matchning oldindan o’ylangan taktik rejasi o’yinchilarning bilimlari va qobiliyatlariga mos darajada tuzilishi zarur.

Misol. O’smir jamoalardan birida ba’zi o’yinchilar va butun jamoaning ish qobiliyati uzoq vaqt mobaynida tebranib turgan edi. O’yinchilar charchamagunga qadar ularning o’yindagi kayfiyatga juda yaxshi, jamoa o’yin rejasiga muvofiq o’ynaydi, lekin o’yinchilar charchagan zahoti, xatolar ustiga xatolar yuzaga keladi, kayfiyat yo’qoladi va o’yin betartib, tarqoq holda kechadi hamda o’yin rejasi barbod bo’ladi.

  1. O’yinga ta’sir ko’rsatuvchi omillar darajasini oshirish o’ylangan o’yin rejasining bajarilishiga yordam berishi lozim. Oldingi misolga asoslanib tahmin qilish mumkinki, o’ylangan o’yin rejasini bajarish davomida texnik, taktik, amaliy va nazariy mashg’ulotlar jismoniy sifatlarni takomillashtirishda ko’proq qo’llanilishi lozim.

  2. Mashg’ulotlar davomida o’yinga ta’sir ko’rsatuvchi bir nechta omillar o’rtasida shunday o’quv-tayyorgarlik muvofiqlik bo’lishi lozimki, u berilgan davr ichida eng muhim omil yoki omillarga asosiy e’tibor qaratishi zarur. Bu yerda nafaqat yil davomida rejalashtirilgan mashg’ulotlar tarkibiga rioya qilish zarurati, balki o’quv-mashg’ulot jarayonlari paytida erishilgan yutuq, mumkin bo’lgan pasayish yoki to’xtab qolishni sezish hamda o’z vaqtida ushbu vaziyatni tuzatish nazarda tutiladi. Aynan shu erda o’zaro ta’sir ko’rsatish tamoyilini qo’llash yaxshi amalga oshirilishi mumkin.

  3. Taktik o’rgatish va o’yinchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy hamda ruhiy farqlarni hisobga oladigan individual mashg’ulotlar o’tkazilishi lozim.

Taktik tayyorgarlik bilan bog’liq bo’lgan vazifalar:

  1. taktik malakalar, jismoniy qobiliyatlar, aqliy va emotsional sifatlarni takomillashtirish;

  2. o’yinni (uning alohida lavhalari, o’yindagi qarorlarni) takomillashtirish;

  3. o’yin tizimlariga o’rgatish, ularni yod olish; 4) matchga tayyorlanish.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin