Taktika har doim ham muhim ahamiyatga ega. Futbol texnikasi arsenalining ko’payishi, o’yinchilar jismoniy tayyorgarligining o’sishi, o’yin qoidalari hamda tizimining o’zgarishi, yanada takomillashib borayotgan o’quv-mashg’ulot jarayoni sikli o’yinni ongli ravishda tashkil qilishda amaliy rejalar, izlanishlar, yangilanishlarga keng yo’l ochib berdi. O’yin maydonida kechadigan strategik kurash, hujum va himoya o’rtasidagi olishuv, yanada yangi va kutilmagan taktik fikrlarni, yangiliklarni yuzaga keltiradi. Ular, o’z navbatida, texnik, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik, o’yin qoidalari hamda tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy-ruhiy qobiliyatlar singari, texnik va taktik qobiliyatlar o’rtasida o’zaro bog’liqlik, albatta, futboldagi yangi izlanishlarga ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatib kelmoqda.
Futboldagi boshqa taktik omillarning o’zaro bir-biriga ta’siri, yosh futbolchilarning taktik tayyorgarligi nuqtai nazaridan, eng birinchilardan hisoblanadi. O’yindagi “boshqa omillar” deganda quyidagilar tushuniladi:
jamoa va o’yinchilarning texnik malakalari, ularning jismoniy
qobiliyatlari;
jamoa o’yinchilarining o’yinda bir-birini yaxshi tushunish darajasi,
o’yinni bilish, jamoa o’yinchilarining uyg’unligi;
o’yinchilarning aqliy (intellektual) darajasi; “Mayda” omillar ham muhim ahamiyatga ega;
o’yindagi kuch, raqibning kutilayotgan taktik rejalari to’grisidagi
ma’lumotlar;
o’yin qoidalarini bilish;
jarohat olish, o’yindan chetlatish va boshqa tufayli jamoa tarkibining
qisqarishi;
o’yinchilarning almashtirilishi;
i) o’yin joyi, xususiyati, maydon holati va ob-havo sharoitlari;
f) ushbu matchning ahamiyati, turnir jadvalidagi holat.