Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Mulohaza uchun
1. Imom Buxoriy hadislari-
ni qabul qilishlari uchun uning 
roviysi qanday talablarga javob 
berishi zarur bo‘lgan? Nima 
uchun? Siz yana qanday talab-
larni qo‘ygan bo‘lardingiz?
2. Ushbu ma’lumotni o‘qing! 
Nima sababdan Imom Buxoriy 
uzoqdan kelgan bo‘lsalar-da, 
hadis eshitmasdan ortga qay-
tib ketganlar?
Bir kuni bir insondan ha-
dis eshitish va uni yozib olish 
uchun izlab boradilar. U kishi 
otini chaqirish maqsadida eta-
giga yolg‘ondan yem solgandek 
ko‘rsatib, aldab chaqirayotga-
nini ko‘radilar. Oqibatda juda 
uzoqdan kelgan bo‘lsalar-da, u 
kishidan hadis eshitmay qaytib 
ketadilar.
Ijodiy 
faoliyat
152
Imom Buxoriy maqbarasi. 
Samarqand
“Ilmdan boshqa najot yo‘q 
va bo‘lmagay!”
Imom Buxoriy


153
1. «Imom Buxoriyning imtihon qilinishi» 
hikoyasini o‘qib, uning noyob iste’dodi 
haqida mushohada qiling.
2. Xotirani mustahkamlash uchun qanday mashqlar 
zarur? Siz xotirangizni mustahkamlash uchun qanday 
mashqlar bajarasiz?
3. Kitob o‘qish va yod olish xotirani mustahkamlaydi, degan 
fikrga qo‘shilasizmi?
4. Islom dinida ilm-fanga e’tibor berishdan va targ‘ib 
etishdan qanday maqsadlar ko‘zlangan?
Manbalarda
Imom Buxoriyning imtihon qilinishi
Bir kuni Imom Buxoriyning Bag‘dodga kelganini eshitgan olimlar u kishini imtihon qilib ko‘r-
moqchi bo‘ldilar. Bag‘dod muhaddislari yuzta hadisni tanlab olib, ularning matn va isnodlarini o‘z-
gartirdilar (ya’ni, bir isnod matnini ikkinchi bir isnod matni bilan va bir matn isnodini boshqa matn 
isnodi bilan almashtirib qo‘ydilar). So‘ng ularni o‘n kishiga o‘ntadan bo‘lib berdilar-da, yig‘in vaqtida 
Imom Buxoriyga aytishni tayinladilar. Yig‘inga minglab xurosonlik, bag‘dodlik va boshqa olimlar 
kelishdi. Boyagi kishilar o‘zlariga topshirilgan hadislarni Imom Buxoriyga aytib, ular xususida so‘ra-
dilar. Shunda Imom Buxoriy ularning har biriga: «Bunday hadisni bilmayman», — deb javob berdi. 
Savollar tugaganidan so‘ng birinchi bo‘lib savol bergan kishiga o‘girildi-da: «Ammo, sen aytgan 
birinchi hadisning matni boshqa bir hadis isnodiga taalluqli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday, ikkinchi-
sining isnodi esa bo‘lak hadis matniga tegishli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday...» — deya savol bergan 
10 kishiga javob berdi. Barcha hadislarning isnod-u matnlarini joy-joyiga qo‘yganiga qoyil qolgan 
odamlar u kishining xotirasi, aql-u zakovatiga tan berib, chuqur izzat-ehtirom bildirdilar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin