Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ma’lumot uchun
Imom Mahmud Zamahshariy-
ning arab grammatikasi va til-
shunosligiga oid asari uchun arablar uni qan-
day hurmat bilan tilga oladilar?
Ijodiy faoliyat
Uning Qur’on tafsiriga bag‘ishlan
-
gan «Qur’on haqiqatlari va uni sharh
-
lash orqali so‘zlar ko‘zlarini ochish» 
(«Al-Kash shof an haqoiq it-tanziyl va 
uyun-il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl») asari 
mashhurdir. Makkada yozilgan bu kitob 
qisqacha «Kashshof» deb ataladi. 
Zamaxshariyning fiqhga oid «Turli 
masalalarning muhimi», «Vorislik huquqi 
ilmi bo‘yicha mashq», din asoslari haqi
-
dagi «Usuldagi tartibotlar», hadislarga 
bag‘ishlangan «G‘arib hadislar haqida 
ajoyib asar», shuning dek, til, nahv ma
-
salalarini keng yoritgan kitoblari, she’riy 
devonlari saqlangan bo‘lib, ular turli til
-
larga tarjima qilinib chop etilgan.
Buyuk bobomiz Alisher Na
voiy 
“Sab’ai sayyor” dost
onining us-
tozi Abdurahmon Jomiy ta’rifiga 
bag‘ishlangan bobida Z
amahsha-
riyni eslab o‘tadi:
Arabiyatda dars aning vir
di.
Ibni Hojib kamina shogir
di.
Ibni Hojib demayki, Jorulloh,
Oncha tafsir ishinda yo‘q ogoh.


157
Buyuk o‘zbek allomalari orasida is
-
lom shariati — fiqh sohasida ham pesh-
qadamlar mavjud bo‘lgan. 
Imom Burhoniddin Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn 
Abduljalil Farg‘oniy 
Marg‘inoniy
ning nasabi xalifa Abu 
Bakr Siddiq (r.a.)qa borib taqaladi.
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy 1123-yilda Rishton 
tumanida tug‘ilgan. U ilm-ma’rifatli oilada ulg‘aygan 
bo‘lib, avvalo o‘z otasidan ta’lim oladi. So‘ng o‘z davri
-
ning mashhur allomalari, faqih va mujtahid darajasidagi 
olimlardan dars olib, o‘zining e’tiqodi, taqvosi va yuksak 
iste’dodi tufayli hanafiy mazhabi bo‘yicha buyuk faqih va 
mujtahid darajasiga ko‘tariladi. «Shayx ul-islom» degan 
ulug‘ martabaga sazovor bo‘ladi. 
Burhoniddin Marg‘inoniyning yuzga yaqin asarlar 
yozganligi manbalarda qayd qilingan. Uning shoh asa
-
ri «Hidoya» hisoblanadi. Mazkur asar 57 bobdan ibo
-
rat bo‘lib, islom huquqshunosligining barcha sohalarini 
o‘zida ifoda etgan noyob manba hisoblanadi. 
Marg‘inoniyning butun islom olamida mashhur 
bo‘lgan «Hidoya» asari 1178-yili Samarqandda 
yozildi. «Hidoya» asari yaratilgan davridan 
to hozirgacha Sharq va G‘arbning o‘quv 
yurtlarida islom shariatini o‘rganish-
da asosiy manbalardan biri sifati-
da foy dalaniladi.
Alloma 1197-yilda vafot 
etgan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin