O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
1. Bu davrda dunyoning boshqa davlatlarida Muhammad ibn Muso al-Xo-
razmiydek ilmiy meros qoldirgan allomalarni bilasizmi?
2. Dunyo hamjamiyati rivojini Xorazmiysiz tasavvur qilish mumkinmi?
3. «Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning fan taraqqiyotidagi o‘rni» mav-
zusida qo‘shimcha ma’lumotlar asosida taqdimot tayyorlang.
1. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasida faoliyat yuritgan
olimlar fanning qaysi
sohalarida izlanishlar olib borishgan edi?
2. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy matematikadan tashqari fanning yana qaysi soha-
lari bilan shug‘ullangan? Siz qaysi fan sohalariga qiziqasiz?
3. Bir o‘ylab ko‘ring-chi, o‘sha davrda «Al-jabr val-muqobala» kitobiga qanday ehtiyoj
mavjud edi?
171
Mulohaza uchun
Xorazmiy matematikaga
oid asarlaridan tashqari,
geografiyada ham muhim qadamlar qo‘ygan. U xalifa
Ma’mun (813–833) uchun jahon xaritasini yaratishga
yordam berdi va Yer atrofini topish uchun loyihada ish-
tirok etdi, Suriyadagi Sinjor tekisligida yer meridiani
darajasini o‘lchadi.
Ma’mun
akademiyasi-
ning hozirgi ko‘rinishi
Xorazm.
Ijodiy faoliyat
«Xorazmiy o‘z davrining eng
buyuk matematigi
va agar
barcha shart-sharoitlar na-
zarga olinsa, hamma davr-
larning
ham eng buyuklari-
dan biri».
J. Sarton,
amerikalik tarixchi