Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

172
4 9 - 5 0 - m av z u l a r :
AHMAD FARG‘ONIY
Olimning to‘liq ismi 
Abul Abbos Ahmad ibn 
Muhammad ibn Kasir al-Farg‘o
-
niydir. Uning hayoti va ilmiy fao
-
liyati haqida juda oz ma’lumot
-
lar saqlangan.
Ahmad Farg‘oniy (797-865-
yillar) Farg‘ona vodiysining 
Qubo (Quva) qishlog‘ida 
tug‘ilgan. U avval Bag‘dodda
-
gi rasadxonada ish olib bordi, 
so‘ngra Damashqdagi rasadxo
-
nada osmon jismlari harakati va 
o‘rnini aniqlash, yangicha «Zij» 
yaratish ishlariga rahbarlik qildi.
Farg‘oniy yunon astronomlari, 
jumladan, Ptolemeyning «Yulduzlar 
jadvali» asarida berilgan ma’lumotlar
-
ni ko‘rib chiqish hamda o‘sha davrda
-
gi barcha asosiy joylarning geografik 
koordinatalarini yangidan aniqlash 
yuzasidan olib borilgan muhim tad-
qiqotlarda faol ishtirok etdi.
Faollashtiruvchi savol 
va topshiriqlar
1. «Alfraganus» haqida nimalarni bilasiz?
2. Rasmda berilgan inshootning qayerda 
joylashganligini bilasizmi?
Ma’lumot uchun
Ahmad Farg‘oniyning 
«Astro-
nomiya asoslari haqidagi ki
-
tob» asari o‘rta asr musulmon 
Sharqi mamlakatlarida, 
so‘ng 
Ispaniya orqali Yevropa mamla
-
katlarida astr
onomiya ilmining 
rivojini boshlab ber
di.


173
Arab tilidagi ilmiy atamashunoslik
-
ka doir, xususan, falakiyot, riyoziyot 
va geografiyaga oid atamalarni belgi
-
lab chiqishdek maxsus ilmiy ishlarni 
amalga oshirishda Farg‘oniyning xiz
-
mati katta. U ayrim astronomik asbob
-
larni ixtiro etish, falakiyot shunoslikka 
doir arab tilidagi boshlang‘ich bilimlar
-
ni belgilash va tartibga solish ishlariga 
ham hissa qo‘shdi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin