170
Alloma Xorazmiy ko‘p-
lab hind qo‘lyozma asarla
-
rini o‘rganib chiqdi. 1 dan 9 gacha sa
-
noq tizimini tuzgan va 0 g‘oyasi ustida
bosh qotirgan hind matematigi izlanish
-
lari ulug‘ alloma Xorazmiyga yaxshigina
turtki bo‘ldi. Lekin 0 sonini son sifatida
e’tirof etgan va hind sanoq tizimidan foy
-
dalanib, arab sanoq tizimiga asos solgan
shaxs aynan ulug‘ alloma Muhammad
ibn Muso al-Xorazmiy edi. O‘ziga za
-
mondosh bo‘lgan olimlarga hind sanoq
tizimini tanishtirish va matematika ola
-
mi markaziga nol sonini joylashtirish o‘z
davri matematikasi uchun inqilob bo‘ldi.
Bu esa, avval ilojsiz bo‘lgan o‘ta mav
-
hum va murakkab matematik masalalar
-
ni hal qilish imkonini berdi. Shu kashfiyot-
ning o‘ziyoq Xorazmiyni barcha zamon
va makonlarning eng buyuk matematik
-
lari qatorida turishiga kifoya qiladi. Lekin
uning yana boshqa bir katta
kashfiyoti borki, bu yangilik sa
-
babli matematikadan yangi bir
soha ajrab chiqdi.
«Har gal mobil telefoningni qo‘l-
ga olganda, unutma, uning «ichi-
da» musulmon o‘zbek otaxon yashirin o‘tiradi!».
Atoqli Britan jurnalisti Endryu Marr jahon tarixi
haqida BBС telekanali uchun tayyorlagan tele-
ko‘rsatuvlardan birida Muhammad ibn Muso
al-Xorazmiy haqida gapirib, xuddi ana shunday
xitob qiladi, deya xabar beriladi xalqaro ommaviy
axborot vositalarida.
Dostları ilə paylaş: