174
To‘rt ming kilometr uzunlikdagi Buyuk Nil Misr xalqi
uchun hayot-mamot daryosi edi. Mamlakat hududining
atigi olti foizidagina dehqonchilik qilish,
biron yegulik
yetishtirish mumkin bo‘lgan. Bu ham Nil tufayli. Qol
-
gan qismi qumlik bo‘lib, bu joylarga daryo suvi yetib
bormas edi. Ana shu olti foiz suvli yer xalqni boqib
kelgan. Hozir ham shunday. Ammo o‘shanda Nil suv
sathi tizginsiz bo‘lgan. Ya’ni, bir yil suv sathi ko‘tarilsa,
qirg‘oqdagi dehqon yerlarini suv bosib,
hosili nobud
bo‘lardi. Va aksincha, suv sathi pasayib ketsa, qirg‘oq
-
dan uzoqroqdagi yerlar qurg‘oqchilikka uchrardi.
Shunga qaramay davlat soliqchilari har ikki ho
-
latda ham yer egalaridan birdek soliq talab qilgan.
Ahmad Farg‘oniy yulduzlar harakatini uzluksiz ku
-
zatish barobarida Nil daryosi sathidagi o‘zgarishni
hisobga olgan holda daryodan uzoq-yaqinligiga qa
-
rab yerlar hosildorligi jadvalini tuzadi va shu tartibda
soliq tizimini yaratadi. Olimning Nil daryosi orollaridan
biri — Roud «burni»ga qurgan «Miqyosi Nil» uskunasi
Misrda yangicha soliq miqdoriga asos soldi.
Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regio-
montan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida
astronomiyaga doir ma’ruzalarini Farg‘oniy
asarlari
asosida o‘qigan. Farg‘oniy nomi Dante (XIV asr) va
Shiller (XVIII asr) tomonidan tilga olinadi.
Atoqli astronom Yan
Geveliy 1647-yili nashr
qilingan «Selenogra-
fiya» kitobida oydagi
kraterlardan birini
buyuk vatandoshi-
miz Ahmad Farg‘oniy
nomi bilan ataydi.