Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

175
«Miqyosi Nil» haqida
Mana o‘sha, bobomiz bundan o‘n ikki asr muqaddam bunyod 
etgan «Miqyosi Nil» qurilmasi. 35-40 metrlar keladigan ko‘prikdan 
o‘tsangiz temir yog‘och (Hindistondan keltirilgan buk daraxtidan) 
qoplangan sakkiz burchakli, usti doirasimon qubbali oddiy bir bino-
ga duch kelasiz. Nilning bir cheti shu orolga urilib ikkiga bo‘linadi. 
Chapda kanalsimon oqim, o‘ngda salkam bir chaqirimcha yastanib 
oqayotgan hayot daryosi. Har qanday holatda ham suv «Miqyosi Nil» 
qurilmasiga ochilgan tuynukdan kirib-chiqib turadi. Ichkariga kir-
sangiz o‘zingizni go‘yo bugun O‘zbekiston deb atalmish mamalakat-
ga kelib qolgandek his qilasiz. O‘rtada marmar ustun. Unga suv sat-
hi o‘lchov chiziqlari tortilgan. Atrof esa yog‘och o‘ymakorligi hamda 
sharqona miniatura bezaklari bilan qoplangan. Aytishlaricha, Misr 
xalqi ularni asrlar davomida asrab-avaylab kelgan. 
Sakkiz ustun chizgilariga sog‘inch bilan boqaman. Marmar zi-
nalardan ustunni aylanib pastga tushaman. U Nil daryosi suv sathi 
eng past bo‘lgandagi ko‘rsatkichdan ham chuqurroq edi. Mana bu 
tuynukdan suv kirib ustun chiziqlarida ko‘rinish bergach boshqa 
tuynukdan chiqib ketavergan.
Bobomiz esa suv sathi ko‘rsatkichiga nisbatan dehqonning 
yeri daryodan necha chaqirim naridaligiga qarab qancha soliq 
to‘lashi lozimligini matematik formulalar asosida aniq hisob-kitob 
qilib belgilab berganlar. Shunday qilib, suv sathi ko‘tarilsa, yeri dar-
yoga yaqin dehqonlar kamroq, yeri daryodan olisroqdagi dehqon-
lar ko‘proq va, aksincha, suv sathi odatdagidan pastlab ketsa, dar-
yoga yeri yaqin dehqon ko‘proq, yeri uzoqroqdagi dehqon kamroq 
soliq to‘lagan. Aslida oddiy qoidaga o‘xshaydi. Ammo unda hozirgi 
o‘lcham birligidagi bir metr o‘zgarsa ham soliq miqdori o‘zgara-
digan jadvalni yaratish darhaqiqat arablarning o‘zlari aytgani-
dek, buyuk kashfiyot, yoki haqiqiy adolat tarozisi bo‘lgan. Shuning
uchun ham oradan ming yildan ziyod vaqt o‘tibdiki, arablar hamon 
alloma nomini cheksiz hurmat bilan tilga oladilar. Shuning uchun 
ham Ahmad al-Farg‘oniy yaratgan «Miqyosi Nil» hamon ishchi ho-
latda saqlab kelingan. 
Muhammadjon Obidov

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin