O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Loyiha ishi:
Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida rahbar insonda bo‘lishi ke-
rak bo‘lgan 12 ta xislat-fazilatni sanab o‘tadi.
Jamoa bo‘lib, shu asarda berilgan o‘n ikki fazilat haqidagi ma’lumotlarni topishga harakat qiling.
To‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha taqdimot tayyorlang.
1. Siz bu ro‘yxatga yana qanday fazilatlarni qo‘shish kerak deb hisoblaysiz?
2. Forobiy asarlarini avvalgi mavzularda tanishgan Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asari bilan
o‘xshashlik va farqli tomonlarini aytib bera olasizmi?
3. Ibn Sino Forobiyning «Arastu Metafizikasiga sharhlar» kitobini topganidan nega bunchalar xur-
sand bo‘lgan?
179
Forobiy – G‘arb faylasuflari asarlari sharhlovchisi
Forobiy turli bilimlarning nazariy tomonla-
ri, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi
uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mum-
kin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining
ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rga-
nish ga bag‘ishlangan asarlar; 2) fanning turli so-
halariga oid mavzulardagi asarlar.
Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari: Pla-
ton, Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Porfiriylarning
asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel
asarlari («Metafizika», «Etika», «Ritorika», «So-
fistika» va b.)ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tu-
shuntirib bera olgan, kamchiliklarini ko‘rsatgan,
ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini
ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Foro-
biyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina
emas, o‘rta asr Yevropasini ham yunon ilmi bilan
tanishtirishda katta rol o‘ynadi. Bu uning ilmiy
faoliyati taraqqiyotining birinchi bosqichini tash-
kil еtgan va Forobiyga o‘ziga xos maktab xizma-
tini o‘tagan hamda yangi mavzularda tadqiqotlar
olib borish uchun zamin hozirlagan.
Mutafakkir o‘z asarlarini o‘sha davrda Sharq
mamlakatlarida ilmiy-adabiy til hisoblangan
arab tilida yozadi. Forobiy shuningdek, arab va
fors tillarida falsafiy mazmundagi she’rlar ham
yozgan.
Forobiyning «Aristotel ”Metafizika” kitobining
maqsadi to‘g‘risida» risolasi ayniqsa mashhur
bo‘lib, uning ahamiyati haqida Abu Ali Ibn Sino
shunday hikoya qiladi: «Aristotelning «Mo ba’da
at-tabia» («Metafizika» – tabiatdan tashqari nar-
salar) asarini tushu nish o‘ta qiyin bo‘ldi. Bu kitobni
yozgan kishining maqsadi menga noma’lum edi.
Hatto uni qirq bor qayta o‘qidim, men uni va uning
maq sadlarini tushuna olmadim. Undan umidim-
ni uzib, bu tushunib bo‘lmaydigan ekan, degan
xulosa ga kelgan edim. Bir kuni kitob bozoridan
arzimagan pulga Abu Nasr Forobiyning «Aristo-
tel ”Metafizika” kitobining maqsadi to‘g‘risida»
kitobini sotib oldim. Bunday kitob topganimdan
xursand bo‘lib, xudoga shukur qilib, ataylab ro‘za
tutdim, faqirlarga sadaqa ulashdim».
Dostları ilə paylaş: