islom davridagi mavjud siyosiy
va iqtisodiy muhit bu
jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
IX-X asrlarda me’morchilikning ajoyib yutuqla
-
ri masjid va madrasalar qurili shida ko‘proq namoyon
bo‘ldi. O‘sha davrlarda
diyorimizga kelib-ketgan say
-
yoh va olimlar shaharlarga ta’rif bera turib, asosiy bi
-
nolar sifatida masjid va madrasalarni tilga olganliklari
shundan dalolatdir. Masjid binolari yonida hashamatli
va ulug‘vor minora, honaqoh, ulamo-yu avliyolarning
mozorlari ustiga maqbaralar qurildi.
Bunday joylarni ziyorat etuvchilarning soni ko‘p
bo‘lganligidan maxsus hujralar ham bino etila boshladi.
Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, shaharlar ahami
-
yatining ortib borishi natijasida IX asrga qadar asosan
loy va xom g‘ishtdan qurib kelingan binolar o‘rniga endi
pishiq g‘ishtlar ham ishlatila boshladi.
1. Bu davrda qanday yangi binolar qad ko‘tardi?
2. Ularning vazifasi nimalardan iborat edi?
3. Birinchi madrasa qayerda qurilgan?
Ijodiy faoliyat
Hozirgi geo-
logiya, minera-
logiya,
fizika va kimyo soha-
lari uchun nihoyatda muhim
va ishonchli bo‘lgan modda-
lar tahlili (diagnostikasi)ning
usuli, ya’ni
moddalar solish-
tirma og‘irligini aniqlash ilk
bor Xorazmda Ma’mun aka-
demiyasida Beruniy tomoni-
dan kashf etilgan.
Dostları ilə paylaş: