Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat
«Sen mendan bahra topga-
ningdan ko‘ra, men sendan 
ko‘proq bahra topdim», de-
ganda Imom Buxoriy nima-
ni nazarda tutgan?
154
Termiziy ziyoratgohi


Manbalarda
Abu Iso Muhammad Termiziy Makkaga hajga 
borayotganlarida yo‘l-yo‘lakay ko‘plab mashhur 
muhaddislar bilan uchrashib, ularning biridan hadis ilmidan sa-
boq bermog‘ini iltimos qilgan. Shunda u kishi: «Mayli, qo‘lingizga 
qog‘oz-qalam olingiz!» — degan. Aksiga olib, shu payt Termiziy qa-
lam topa olmagan, olim ro‘parasida o‘ltirib eshitgan.
Olim esa hech qanday yozuv yo‘qligini ko‘rib, jahli chiqib: 
«Nima, sen meni bekorchi deb o‘yladingmi?» — deb koyigan. Imom 
Termiziy uzr aytib: «Siz aytgan hadislarni yodlab oldim, ularni ay-
tib beraymi?» — deb eshitgan hadislarining hammasini birin-ketin
aynan aytib bergan. So‘ng u olim yana qirqta hadis aytgan. Imom 
Termiziy ularni ham birma-bir xatosiz aytib bergan.
Shunda olim Imom Termiziyning xotirasi bag‘oyat kuchli eka-
nidan hayratlangan.
155
Iso Termiziy maqbarasi, 
Sherobod


156
Zamaxsharıy,
Abul 
Qosim Mahmud ibn Umar 
ibn Muhammad (1075–1144) – tilshu
-
nos, shoir, faqih. «Jorulloh» – «Allohning 
qo‘shnisi», «Arab va g‘ayri arablar usto
-
zi», «Xorazm faxri» nomlari bilan ulug‘lan
-
gan. Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Otasi rahbarligida savod chiqa
-
rib, keyinroq Gurganjda, Buxoroda ilm 
olgan. Bir necha yil xorazmshohlar saro
-
yida xizmat qilgan. 1118-yildan e’tiboran 
butun umrini ilm-fanga bag‘ishlaydi. Ikki 
marta haj safarida bo‘lgan. Ko‘hna Ur
-
ganchda vafot etgan. 
Zamaxshariy arab tili, adabiyot, 
geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 
ko‘plab asarlar yaratgan. Arab tili gram
-
matikasiga oid «Al-Mufassal» nomli 
asarini u Makkada yashagan paytida, 
bir yarim yil davomida yozgan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin