Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat
Ma’lumot uchun
Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi
ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi
Islom dini Turonga kirib 
kelishidan avval hukmdorlik
qilgan (ixshid, buxorxudot va 
boshqa)lar o‘z mavqelarini 
saqlab turdilar. Jumladan
ular mahalliy aholini boshqa-
rish va ulardan arablar foy-
dasiga soliq yig‘ish vazifalari-
ni bajardilar.
Umaviy hukmdorlari 
(arab xalifalari) mamlakat 
ichki ishlariga bevosita ara-
lashmasdan, mahalliy sulola-
lardan o‘lpon olish bilan chek-
lanardilar. Ba’zida bu o‘lpon 
mahalliy aholidan yig‘ilgan 
jiz’ya (boshqa din vakillari-
dan yig‘iladigan soliq) sifati-
da qabul qilinar edi. Bu esa 
keyin chalik islom dinini qabul 
qilgan aholidan oddiy soliq 
yoki jiz’ya (jon solig‘i) yig‘ish 
masalasida chigallikning kelib 
chiqishiga sabab bo‘ldi. 
Umaviylar davrida arab-
larning mahalliy aholi tara-
fidan islom dinining qabul 
qilinishiga monelik qilishi 
kuzatildi. Chunki arablar ilk 
davrda talay imtiyozlarga ega 
edilar. Bu davr qoidalariga 
ko‘ra, islom dinini qabul qil-
gan kishi jamiyatda arablar 
kabi imtiyozlarga ega bo‘lardi.
67


Mulohaza uchun
Qutayba ibn Muslim arab lashkarboshchisi bo‘lib, 704- yili 
uni arab xalifasi Abdurahmon ibn Marvon Xurosonga noib etib 
yuboradi. 
IX asr muarrixi Muhammad Narshaxiyning yozishicha, Qutayba 
ibn Muslim Shomning Boxila degan joyida tavallud topgan. Uning 
to‘liq ismi-sharifi Amir Qutayba ibn Muslim ibn Umar ibn Husayn 
ibn Robiya ibn Xolid ibn Usayd Al-Xayr bo‘lgan. Uning zimmasiga 
Xurosonda davlat ishlari bilan birga, mahalliy aholini Islomga 
da’vat qilish, masjid va madrasalar barpo ettirish yuklangan.
Xitoy va arab tilidagi solnomalarga ko‘ra, Qutayba ibn Muslim 
g‘ayratli va uddaburon lashkarboshi, adolatli hukmdor, xiyonatni 
yoqtirmaydigan, o‘jar tabiatli, ilmli va she’riyatni qadrlovchi inson 
sifatida gavdalanadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin