65
1.
Berilgan xaritadan foydalanib, arablar bosib olgan hududlarning nomini va
yillarini daftaringizga yozing.
Hudud nomi
Bosib olingan yili
Chegarasi
Ijtimoiy tuzumi
2. Xaritadan qizil bilan belgilangan joylardagi
shaharlarning nomini toping, ularni zamonaviy
nomi bilan solishtiring.
Ijodiy faoliyat
Muhammad ibn Ja’farning bayon qilishicha, Ubaydulloh ibn
Ziyod xalifa Muoviya I to-
monidan Xurosonga yuborilib, u Jayhun (Amudaryo) daryosidan o‘tib Buxoroga kelgan
vaqtida Buxoro podshohi, o‘g‘li Tag‘shoda kichik yoshli bo‘lgani tufayli, bir xotin kishi edi.
Ubaydulloh ibn Ziyod Poykand va Romitanni olib ko‘p kishilarni asir qildi. To‘rt
ming buxo-
rolik asirni shaxsan o‘ziga oldi. U Buxoro shahriga yetgach, askarlarini saf qilib, palah-
monlarni shaharga to‘g‘rilab qo‘ydi.
Xotin
turklarga odam yuborib, ulardan yordam so‘radi hamda Ubaydulloh ibn Ziyodga
ham odam yuborib yetti kun muhlat talab qildi va: «Men sening itoatingdaman», — deb,
ko‘p hadyalar yubordi. Shu yetti kunda turklardan yordam kelmagach, Ubaydulloh ibn
Ziyodga qaytadan
odam yuborib, yana yetti kun muhlat so‘radi. (Nihoyat) turk lashkari
yetib keldi va boshqalar ham yig‘ilishib lashkar ko‘paydi; ko‘p urushlar qildilar va yengilib
qochdilar, musulmonlar ularning orqalaridan borib ko‘plarini o‘ldirdilar. Xotin qal’aga kirdi,
u (yig‘ilib kelgan) lashkarlar o‘z viloyatlariga qaytdilar. Musulmonlar qurol,
kiyim-kechak,
tilla va kumushdan ishlangan narsalar va asirlardan iborat ko‘p o‘lja qo‘lga kiritdilar.
Ular xotinning bir poy etigini ham paypog‘i bilan topib oldilar. Etik va paypoq tilla
(ishlatilib tikilgan va) qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi, baho qilganlarida ikki yuz
ming dirham turdi.
Abu Bakr Narshaxiy «Buxoro tarixi»
66
Ikki jamoaga bo‘lining.
Birinchi
jamoa arablarning Sharqqa, xususan, Movarounnahrga uyushtirgan
hujumlari davrida mahalliy aholining harbiy qurollarini yozib chiqadi. Ikkinchi jamoa esa arablarning
harbiy qurollarini aniqlaydi, ulardan nima maqsadlarda foydalanganligini asoslaydi.
Ikkala jamoa birgalikda mahalliy aholi va arablarning harbiy salohiyatini tahlil qiladi.
Dostları ilə paylaş: