81
Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra
Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan
qarluqlar
tur kiy qabilalardan hisoblangan.
VI–VII asrlarda ular Turk xo qon ligi tarkibiga kirgan.
VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lka sida Qar luqlar davla
-
ti tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan
shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar
davlati hukmdori «yabg‘u» yoki «jabg‘u» deb yuritilgan.
X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina
qismi mu sul mon bo‘lgan. Qarluqlar davlati shimol va
sharqdan Elsuvi daryosi vodiy sigacha, chigil qabilasi
yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yur ti va Farg‘o
-
na vodiysi; janubda esa yag‘molar vohasi va
Shar qiy Turkiston bilan chegaralangan.
Aholi chorvachilik, tog‘ jilg‘alari bo‘ylarida esa
dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sharqiy Tur
-
kiston va Mova rounnahr bilan savdo-sotiq olib
borgan. Chetga asosan jun va junli mahsulotlar:
gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan. X
asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hu
-
dudlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona
hamda Zarafshon vo diy lariga kelib o‘rnashgan.
Keyinchalik o‘troq tarzda yashay digan mahalliy
aholiga singib ketgan.
Jahon tarixidan olgan bilimlaringiz asosida sal juqiy lar yashagan hudud va ular
boshqargan davlat qaysi davlatlar bilan chegaradoshligini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: