Somoniylar davriga oid idish
Somoniylarning harbiy qismlarida,
ma’muriy lavozimlarida turklar xizmat qil
-
ganlar. Turkiy qullar boshqa mamlakatlarga savdoga
chiqarilgan. Qul qochib ketsa, uni hech kim qidirma
-
gan.
Somoniylar xizmatida ham turkiy qullar oz bo‘lma
-
gan. Bularning ichidan viloyat hokimlari, harbiylar, hat
-
to davlat boshliqlari yetishib chiqqan: Samjuriy, Alpte
-
gin, Tosh, Foyiq va boshqalar shular jumlasidan.
Alptegin somoniylarning sobiq quli, keyinchalik yi
-
rik harbiy sarkarda, Xuroson viloyatining hokimi va yirik
yer egasi bo‘lgan. U boyib, Xuroson va Movarounnahr-
da joylashgan qishloqlarni sotib olgan, har bir shahar
-
da qasri, hovli-joylari, karvonsaroylari mavjud bo‘lgan.
Alpteginning Nishopur bozoridan sotib olgan Sabuk
(keyinchalik Sabuktegin) ismli yana bir quli o‘z iste’dodi
bilan yirik harbiy sarkarda darajasiga ko‘tarilgan.
Dostları ilə paylaş: